• 12.2-rasm. Namlash-ohorlash tizimi.
  • Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplarning fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi
  • 12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash




    Download 213,79 Kb.
    bet6/8
    Sana23.01.2024
    Hajmi213,79 Kb.
    #143731
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    All Document Reader 1705912835438

    Namlash-ohorlash tizimi
    “Karl Mayer” (Germaniya) firmasi tomonidan ohorlash samarasini oshirish uchun namlab-ohorlash tizimini yaratib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Tanda iplari dastlab suvli tog‘oradan o‘tib, so‘ngra ohor tog‘orasida amaldagiday ohorlanadi (12.2-rasm).

    12.2-rasm. Namlash-ohorlash tizimi.


    Namlab-tozalash tizimi kiruvchi va chiquvchi siqish vallaridan iborat bo‘lib,
    ularni siqish darajasi har xil bo‘ladi. Bunday tizimning qo‘llanishi ohorlash jarayoni sifatining oshishiga, ohorlash miqdorining kamayishiga olib keladi.
    Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplarning fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi
    Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplar ohor bilan qoplanib, uning bir qismi iplarning ichiga singib ketadi va alohida tola va elementar iplarni bir- biriga yopishtiradi. Ohorlash jarayonida iplar ko‘pgina fizik-mexanik jarayonlar ta'sirida
    bo‘ladi: ohorni shimadi, siquvchi vallardan o‘tadi, yuqori harorat ostida quritiladi, nax maydonida yopishgan iplar ajratiladi. Bu jarayonlar tanda g‘altagidan ip to‘quv g‘altagiga o‘ralguncha taranglik ostida kechadi va natijada iplar cho‘ziladi.
    Iplarga bunday ishlov berish ularning fizik-mexanik xususiyatlariga ta'sir etadi. Ishqalanishga chidamlilik ipning ustidagi qatlam hisobidan 5‒10 barobar, uzilish kuchi 15‒25% ortadi va uzilishdagi cho‘zilish 14‒28% ga kamayadi.
    Ohorlash hisobidan ipning massasi ortishi natijasida uning chiziqli zichligi birmuncha ortadi.
    Shunday qilib, ohorlangan ip va xom iplarning cho‘zilish paytidagi pishiqligi, ishqalanishga chidamliligi va bikrligi ortadi, ular ixchamlashib, og‘irlashadi.
    Iplarning mexanik xususiyatlarining o‘zgarish chegaralari ip va ohorning xususiyatlariga, ohorlash jarayonini texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

    Download 213,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 213,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash

    Download 213,79 Kb.