|
12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash
|
bet | 2/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 213,79 Kb. | | #143731 |
Bog'liq All Document Reader 1705912835438Ohor sifatini tekshirish
Ohor sifati uning tashqi ko‘rinishi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga qarab
aniqlanadi. Ohor tashqi ko‘rinishi bo‘yicha tiniq va mayda bo‘lakchalarsiz bo‘lishi
kerak.
Ohorning fizik-kimyoviy xossasini tekshirishda ohor tarkibining reaksiyasi
tekshiriladi. Unda reaksiya xolis bo‘lishi lozim.
Tanda ipiga ohorning singishi hamda o‘ziga olish qobiliyati ohor
qovushqoqligi (V) deyiladi va uni viskozimetr yordamida aniqlanib, bunda ohor
oqib ketish vaqti suv oqib ketish vaqtiga nisbati bilan ifodalanadi:
V = tox / tsuv,
bu yerda: tox ‒qovushqoqlikni aniqlash idishidagi ohorning oqib ketishi uchun ketgan vaqt, sek;
tsuv‒shu hajmdagi suvning oqib ketishi uchun ketgan vaqt, sek.
Ohor komponentlari miqdorining umumiy ohor hajmiga nisbati shu moddaning konsentratsiyasi deyiladi. Ohorning konsentratsiyasi (K) yelimlovchi modda og‘irligini, ohor hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
K=G(100-W)/V %, bu yerda:G‒yelimlovchi modda og‘irligi, kg; W‒yelimlovchi modda namligi, %; V‒ohor hajmi, kg.
Ohorlanish miqdori va uni aniqlash
Iplarning ohorlash jarayonidan keyingi og‘irligini ortishi ohorlanish miqdori deyiladi va u foizlarda ifodalanadi.
Ohorlanish miqdori ikki xil bo‘ladi:
1. Yuzaki ohorlanish miqdori (Pyu).
2. Haqiqiy ohorlanish miqdori (Phaq).
1. Yuzaki ohorlanish miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
|
| |