|
12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash
|
bet | 4/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 213,79 Kb. | | #143731 |
Bog'liq All Document Reader 1705912835438Ohor retsepti
Ohor retsepti to‘qima, ip turi, navi, eshilish miqdori va to‘qimani o‘rilishi kabi bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi. 3.1-jadvalda o‘rtacha chiziqli zichlikli paxta iplari uchun ohor retsepti keltirilgan.
3.1-jadval O‘rtacha chiziqli zichlikli paxta iplari uchun
I
T/r
|
Kоmpоnentlar
|
Miqdоr
|
1
|
Kartоshka kraxmali
|
65 kg
|
2
|
Sulfat kislоtasi
|
1,3 l
|
3
|
Ishqоr
|
0,7 l
|
4
|
Sоvun
|
2 kg
|
5
|
Glitserin
|
1 l
|
6
|
Suv
|
930 l
|
7
|
Tayyor Оhоr hajmi
|
1000 l
|
II
T/r
|
Kоmpоnentlar
|
Miqdоr
|
1
|
PVS
|
55 kg
|
2
|
Suv
|
945 l
|
3
|
Tayyor Оhоr hajmi
|
1000 l
|
III
T/r
|
Kоmpоnentlar
|
Miqdоr
|
1
|
KMЦ
|
40 kg
|
2
|
Suv
|
960 l
|
3
|
Tayyor Оhоr hajmi
|
1000 l
|
Avtomatik ohor tayyorlash tizimi
Ohor tayyorlash uskunasi tabiiy va sun’iy mahsulotlarning barchasidan ohor
tayyorlashga mo‘ljallangan. Uskunaning sig‘imi 500 va 1000 l bo‘lib, ohorni qarayib 2 soat mobaynida tayyorlash imkoniyati mavjud. Ohor tayyorlash uskunasida ohorning barcha omillarini (vaqti, harorati, qovushqoqligi) belgilangan
miqdorda ta’minlash mumkin. Ohor uskunada bosimsiz tayyorlanadi. Ohor moddalari uskunaga taxtlangach, aralashtirgich yordamida sovuq holatida intensiv ravishda aralashtirilib, tayyorlanadi. Barcha texnologik omillar avtomatik tarzda nazorat qilinib, boshqariladi. Ohorlash uskunasi zanglamaydigan, issiqlik saqlovchi
metalldan tayyorlanib, ohor bug‘ yordamida kerakli haroratda isitiladi. Avtomatik ohor tayyorlash uskunasi 12.1-rasmda keltirilgan.
12.1-rasm. Avtomatik ohor tayyorlash uskunasi
Uskuna quyidagi qo‘shimcha moslamalar bilan jihozlangan:
- ohor moddalarini avtomatik tarzda qozonga taxtlash (solish);
- ohorni avtomatik ravishda mashinalarga uzatish;
- ohor konsentratsiyasini rostlash.
Ohorlashning yangi usullari
Ko‘pikda ohorlash
Ko‘pikda ohorlash elektroenergiya, bug‘ va boshqa moddiy xarajatlarni tejash imkoniyatini beradi.
Ko‘pikda ohorlanganda, quritish paytidagi iplarning cho‘zilishi ham kamayadi, ohorlangan ipni ajratish sharoitlari yaxshilanadi, xom to‘qimani pardozlash jarayonida ohorni yuvib chiqarish ohor kam singiganligi natijasida osonlashadi.
Ko‘pik eritmasida ohorlashning ikkita usuli mavjud:
Birinchi usulga turli mexanik moslamalar: gorizontal zichlovchi, raklya bilan jihozlangan rolik turidagi mexanik moslamalar, tekislangan quvurli gorizontal
zichlovchilar kiradi. Bu moslamalar ipning yuzasiga turg‘un ko‘pikli ohor berish va ko‘pikni parchalash uchun xizmat qiladi.
Ohorlanish miqdori ko‘pikdagi havo va eritma miqdorining singdirilgan ko‘pik hajmiga nisbati bilan belgilanadi.
Ikkinchi usulda ipning yuzasiga chidamsiz eritmalar bilan ishlov beriladi, bu usul ko‘piklangan eritmani belgilangan miqdorda berish usulida asoslangan. Bu usulda hech qanday moslamalar qo‘llanilmaydi, parchalash esa belgilangan tezlikda amalga oshiriladi.
Bu usulda ohorlash uchun ko‘piklangan eritma hosil qiluvchi ohorlovchi moddalarni tanlab olish kerak.
Ohorlash jarayonida ohorning iplar yuzasida bir tekis taqsimlanishiga ko‘pik
pufaklarining o‘lchamlari, pufakcha ichidagi havo bosimi va issiqlik massa almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p omillar ta'sir etadi.
Ko‘pik yordamida ohorlashda ohorlash tezligi ohorni iplarga yetkazib berish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘piklashtirishning eng muqobil darajasi, ya'ni ohor hajmining ko‘pik
hajmiga nisbati 6:1, 7:1 bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda ko‘pikda ohorlash uchun asosan sun’iy ohorlovchi moddalar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, tabiiy va sun’iy polimerlar asosida olingan kimyoviy tolalarni ohorlash uchun ohor tarkiblarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
|
| |