|
12-Laboratoriya ishi Mavzu: Oxor tayyorlash
|
bet | 8/8 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 213,79 Kb. | | #143731 |
Bog'liq All Document Reader 1705912835438Yelimlovchi moddalar sifatida tabiiy va sun’iy polimerlar ishlatiladi. Tabiiy polimerlarga kraxmallar (kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori kraxmallari), oziq-ovqat sanoati chiqindilari va hayvon suyaklaridan tayyorlangan unlar, selluloza
efirlari (karboksilmetilselluloza ‒ KMS, metilselluloza ‒MS, etanselluloza‒ES, sulfanatselluloza‒SS) kiradi. Tabiiy polimerlar oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lganligi uchun hozirda asosan sun’iy polimerlardan foydalaniladi va ularga polivinil spirti‒
PVS va uning hosilalari, poliakrilatlar (poliakrilaid‒PAAM, sulfatli poliakrilamid‒
SPAM, poliakrilnitril‒PAN, poliakril kislotasi‒PAK, polimetaakril kislotasi‒PMAK) kiradi.
Parchalovchi moddalar ohor tarkibidagi kraxmal molekulalarini maydalab, suvda erishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu moddalarga har xil kislotalar, ishqorlar va xloramin kiradi. Ishlab chiqarishda, asosan, xloramin (tarkibida 30% gacha faol xlor bo‘lgan va 800C da eriy boshlovchi) ishlatiladi.
Yumshatuvchi moddalar ohorga 0,1‒0,15 g/l miqdorda qo‘shiladi va ohorning iplarga yaxshi singishi, ularning egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotmasligi
uchun ishlatiladi. Ularga sulfanol A, sovun, avirol, har xil yog‘lar (paxta, zig‘ir, alizarin yog‘lari), glitserin, jelatin, suyuq parafin kiradi.
Mog‘orlatmovchi moddalar ohor yuzasida mikroorganizmlar rivojlanmasligi (kraxmaldan foydalanilganda) va ipning chirib ketmasligi uchun ishlatiladi. Zararsizlantiruvchi modda sifatida kumush kuporosi, fenol, bor kislotasi,
karbon kislotasi, xlorli rux, kremftorli natriy, krezol va h.k. lar ishlatiladi. Mog‘orlatmovchi moddalar ohorga juda kam‒ 0,1‒2% miqdorda qo‘shiladi. Ko‘pik yo‘qotuvchi moddalar ohorga 0,1‒0,15 g/l miqdorda qo‘shiladi va u
ohor yuzasida ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun ishlatilib, silikonlar, benzol, skipidar, piridin, organik kremniy preparati (“PMS-15”, “PMS-200A”), ko‘pik yo‘qotuvchi (BA, BK)lar ishlatiladi.
Erituvchi sifatida yumshoq suv ishlatiladi. Suvning qattikligi 5-6 mg∙ekv./l dan ortib ketmasligi kerak.
Nazorat savollari:
1. Ohor tayyorlash va uning sifati, ohor sifatini tekshirish, ohorlanish miqdori va uni aniqlash hamda ohor retseptlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2.Avtomatik ohor tayyorlash tizimini ishlashini tushuntiring?
3.Ohorlashning yangi usullari xaqida ma’lumot bering? 4. Oxorlash qanday moddalari mavjud?
|
| |