• Qizlar uchun
  • AKROBATIKA O`g`il bolalar uchun




    Download 1,7 Mb.
    bet433/434
    Sana15.03.2017
    Hajmi1,7 Mb.
    #158
    1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   434
    AKROBATIKA

    O`g`il bolalar uchun:

    Har xil D.H dan oldinga o`mbaloq oshish. Buyumlar ustidan o`mbaloq oshish, 2-3 qadam yugurib kelib, uzoqqa o`mbaloq oshish. Sherigi yordamida qo`llarda tik turish. Chalqancha yotgan holatdan "ko`prik" yasash.



    Qizlar uchun:

    Ikki marta oldinga o`mbaloq oshish, orqaga o`mbaloq oshish, kurakda turish. Ko`prikda turish va yon tomonga aylanib turish.


    Osilish va tayanish.

    Turnikda: osilishdan quch bilan tayanishga ko`tarilish. Gavdani bukib-yozish bilan tortilish bilan tebranishga o`tish. Osilib tebranishda gavdani keskin yozish bilan tayanchga ko`tarilish. Turnikda tayanishdan oyoq va gavda bilan oldinga yarim oysimon harakat qilib, osilishga tushib tebranish.

    Qo`shpoyalarda qo`llarda tayanishdan tebranib, oldinga siltanish bilan tayanchga ko`tarilish. Qo`shpoyada tirsakka tayanib turishdan tebranib, orqaga siltanish bilan tayanchga ko`tarilish. Qo`sh-poyada tayanib tebranishda, oldindan (orqadan) sakrab tushishlar va 90°- 180° burilib bajarish.

    5 metrli arqonga, qo`llar yordamida (vaqtga qarab) tirmashib chiqish (10-13-18 soniya). Shuni 90° burchak hosil qilib bajarish. To`xtab-to`xtab tirmashib chiqish (ma`lum balandlikda to`xtash uchun belgilar qo`yiladi).

    Tayanib sakrash (o`g`il bolalar); 120 sm balandlikdagi uzunasiga o`rnatilgan xari ustidan (gimnastika ko`prigi-1 mm oraliqda) oyoqlarni kerib (bukib) sakrashni takrorlash. Yonlamasiga o`rnatilgan ot ustidan qo`llar bilan otning o`ng-chap qismiga tayanib, oyoqlarni kerib sakrab o`tish. Shu usulni otni 20-30-45 burchak bo`yicha o`rnatib bajarish.

    Qiz bolalar: 110 sm balandlikdagi uzunasiga o`rnatilgan xari ustidan oyoqlarni kerib, sakrab o`tish. Ot (kon) ustidan (yonlama) sakrashlar. Yonlama qo`yilgan ot ustidan "oyoqlarni bukib" sakrab o`tishlar, oyoqlar tayanchning o`ng va chap tarafidan o`tish.




    Download 1,7 Mb.
    1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   434




    Download 1,7 Mb.