|
Keyslarning asosiy manbalarining ta’sir darajasiga ko‘ra tasnifi
|
bet | 4/8 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 90,5 Kb. | | #114450 |
Bog'liq 10-mavzu (2)6. Keyslarning asosiy manbalarining ta’sir darajasiga ko‘ra tasnifi:
• Amaliy keyslar mutlaqo hayotiy vaziyatlarni aks ettiradi.
• O‘rgatuvchi keyslar, asosiy vazifasi – trening.
• Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqot keyslari.
7. Keyslarning o‘lchamlari bo‘yicha tasnifi.
• To‘liq keyslar (20-25 bet), bir necha mashg‘ulotlar davomida ishlatilishi mumkin.
• Siqilgan keyslar (3-5 bet), bitta dars davomida foydalanish mumkin.
• Kichik keyslardan (1-2 bet) darsning biror bosqichida foydalaniladi.
8. Axborot taqdimoti turiga ko‘ra keyshlarning tasnifi:
• Bosma keysda grafikalar, jadvallar, diagrammalar, rasmlar bo‘lishi mumkin, bu esa uni yanada aniqroq qiladi.
• Multimediya keys maktabning moddiy jihozlanishiga bog‘liq.
• Videokeys film, audio va video materiallardan iborat bo‘lishi mumkin.
9. Tadqiqot strategiyasining turlari bo‘yicha tasnifi:
• Axborot olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ob’yekt haqida, barcha miqdoriy va sifat xususiyatlariga to‘liq tavsif berishga imkon beradigan ma’lumotlarni olishga qaratilgan.
• Ta’riflovchi, ob’yektning barcha miqdoriy va sifat xususiyatlariga nisbatan to‘liq tavsif berishga imkon beradigan ma’lumotlarni olishga qaratilgan.
• Tushuntiruvchi, ob’yektlarda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning sabablari va oqibatlari orasidagi munosabatlarini aniqlashtirish haqidagi taxminlarni o‘z ichiga oladi.
10. Qo‘llanilishi bo‘yicha tasniflash:
• Tasviriy, amaliy misollar keltirish uchun ishlatilishi mumkin.
• Muayyan holatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar.
• Ta’lim faoliyati samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan ta’lim.
Case- study usulining belgilari:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi, uning holati vaqtning ma’lum bir diskret momentida ko‘rib chiqiladi.
2. Jamoaviy qarorlar qabul qilish.
3. Bir nechta muqobil yechimlar; asos bo‘ladigan bitta yechimning yo‘qligi.
4. Qaror qabul qilishda yagona maqsadi.
5. Guruhlar faoliyatini baholash tizimining mavjudligi.
6. Ta’lim oluvchilarning boshqariladigan hissiy zo‘riqish (stress)lari mavjudligi.
|
| |