|
Axborot hajmi bo‘yicha tasniflash
|
bet | 3/8 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 90,5 Kb. | | #114450 |
Bog'liq 10-mavzu (2)4. Axborot hajmi bo‘yicha tasniflash:
• Qo‘shimcha ma’lumotlarning minimal miqdorini hisobga olgan holda tuzilgan keys; u bilan ishlashda talaba ma’lum bir model yoki formulani qo‘llashi kerak; ushbu turdagi topshiriqlar optimal yechimga ega.
• Kichik eskizlar (matnning 1 dan 10 varag‘igacha va 1-2 varaqlik qo‘shimchalari) faqat tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi va ularni tahlil qilishda talaba o‘z bilimiga tayanishi kerak.
•50 betgacha bo‘lgan tarkiblashtirilmagan katta keyslar. Unda batafsil ma’lumotlar, shu jumladan keraksiz ma’lumotlar ham beriladi, zarur ma’lumotlar esa berilmasligi mumkin.
• Kashf qiluvchi keyslar. Uni yechishda talabadan nafaqat o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarini qo‘llash, balki tadqiqotchi sifatida yangi narsalarni taklif qilish talab qilinadi.
5. O‘quv jarayonining maqsad va vazifalariga asoslangan holda keyslarning tasnifi:
• Syujetning mavjudligi:
– syujetli keys, odatda sodir bo‘lgan voqealar haqidagi hikoyani o‘z ichiga oladi;
– syujetsiz keys, odatda syujeti yashirin holda bo‘ladi. Chunki syujetning aniq taqdim etilishi ma’lum darajada yechimni ochib beradi. Tashqi tomondan qaralganda bu statistik materiallar to‘plami va hisob-kitoblar bo‘lib, vaziyatni aniqlashda, syujetni tiklashda yordam beradi.
• Materiallarning vaqt bo‘yicha ketma-ketligi:
– o‘tmishdan hozirgacha bo‘lgan rejimdagi keys, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlashga imkon beradi;
– voqeani eslab qolish, orqaga qaytish keysi, qahramonlar nimanidir eslashadi. Xotiralarning o‘zi parcha-parcha, ko‘pincha tizimsiz, qismli;
– bashorat qiluvchi keys, bu yaqin o‘tmishdagi va hozirgi voqealarni yoritadi,
vaziyatni rivojlantirish uchun eng yaxshi variantni (senariyni) ishlab chiqish vazifasini qo‘yadi.
• Keysning sub’yekti:
– shaxsiy keys, bunday keyslarda aniq shaxslar ishtirok qilishadi;
– tashkilot, korxona va boshqalar faoliyat yuritadigan tashkiliy va institutsional keys;
– ko‘p sub’yektli keys, bunda bir nechta sub’yektlarni o‘z ichiga oladi.
• Materialni taqdim etish usuli:
– hikoya;
– esse (insho);
– analitik yozuv;
– hisobot;
– faktlar to‘plami;
– statistik materiallar to‘plami;
– hujjatlar to‘plami va boshqalar;
– ilovalarning mavjudligi;
– ilovalarsiz keys;
– maxsus ilovalari bo‘lgan keys.
• Uslubiy qismining turi:
– savol keys;
– keys -topshiriq.
|
| |