|
Ta’lim maqsadiga ko‘ra keyslarning tasnifi
|
bet | 2/8 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 90,5 Kb. | | #114450 |
Bog'liq 10-mavzu (2)1. Ta’lim maqsadiga ko‘ra keyslarning tasnifi:
• qaror qabul qilish texnikasini o‘rganish;
• qaror qabul qilish texnikasidan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• muammolarni tahlil qilish mahoratini shakllantirish;
• mantiqiy fikrlash, qarorlarni modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Keyslarda ishlatiladigan vaziyatlarning turlari:
• vaziyat – illyustratsiya, dars mavzusi bilan bog‘liq har qanday murakkab jarayon vaziyatni tushuntiradi;
• vaziyat – mashq, ilgari qabul qilingan qoidalarni muayyan muammolarni hal qilishda qo‘llashni nazarda tutadi;
• vaziyat – baholash, vaziyatdan chiqish yo‘li topilgan holatni tavsiflaydi;
• vaziyat – muammo, hayotdagi omillar kombinatsiyasini ifodalaydi.
2. Shakl va ichki tuzilishga qarab keyslarning tasnifi.
•Murakkab (modulli) keysda dastlabki ma’lumotlar, hujjatlar namunalari va boshqalar bo‘lgan kamida 20 varaqdan iborat axborotlar.
•Case – bayonnoma tarkibida quyidagi faktlar mavjud bo‘ladi: vaziyat, hodisa, muammo haqida hikoya, uni hal qilish usullari va mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar.
•Keys-illyustratsiya – odatda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha kichik hajmdagi ba’zi bir misollarni o‘z ichiga oladi.
•Keys-amaliy– vazifa haqiqiy vaziyat to‘g‘risida kichik va o‘rta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va shu asosda talabalar ba’zi topshiriqlarni bajarishlari kerak.
•Tarkiban tuzilgan savolli keysda asosiy matndan keyin savollarning aniq ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ular asosida keysni muhokama qilinadi.
•Tarkiban tuzilgan savollarsiz keysda asosiy matndan so‘ng, muammoni hal qilish yo‘llarini aniqlash va asoslash bo‘yicha taklif bo‘lishi kerak.
3. Keyslarning murakkabligi bo‘yicha tasnifi:
• Illyustrativ o‘quv vaziyatlari – keysi, maqsadi talabalarga muayyan amaliy misol yordamida muayyan vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish algoritmini o‘rgatishdir.
• O‘quv vaziyatlari – muammoni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan keys bo‘lib, unda muayyan vaqtdagi vaziyat tasvirlangan, muammolar aniqlangan va aniq shakllangan bo‘ladi; bunday keysning maqsadi vaziyatni tashxislash va ko‘rsatilgan muammo bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishdir.
• O‘quv vaziyatlari – muammo shakllantirilmagan keys bo‘lib, vaziyatdagi muammo aniq belgilanmagan bo‘lib, statistik ma’lumotlarda berilgan; bunday keysning maqsadi muammoni mustaqil ravishda aniqlash, mavjud resurslarni tahlil qilish bilan uni hal qilishning muqobil usullarini ko‘rsatishdir.
• Amaliy mashqlar. Unda aniq bir vaziyat tavsiflanadi va undan chiqish yo‘llarini topish taklif etiladi; bunday keysning maqsadi muammoni hal qilish yo‘llarini topishdir.
|
| |