• Darsda keys bilan ishlashning umumiy algoritmi
  • 1.“Case stady” yoki “Aniq vaziyatlar” usuli. “Swot tahlil” metodi va uni fizika ta’limiga qo’llash. “Case stady” yoki “Aniq vaziyatlar” usuli




    Download 90,5 Kb.
    bet6/8
    Sana09.12.2023
    Hajmi90,5 Kb.
    #114450
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-mavzu (2)

    Keys yaratish algoritmi:
    1. Keysning didaktik maqsadlarini aniqlash (keys qaysi kompetensiyalar va shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligini).
    2. Keysning asosiy muammosini aniqlash (muammoli vaziyat), bu tarkibni aniqlashga, faktlar va tushunchalarni tanlashga imkon beradi.
    3. Kelajakdagi keysning qisqacha mazmuni tavsifi (voqealar ketma-ketligi, qatnashuvchilar va boshqalar).
    4. Kerakli axborotlarni to‘plash (tadqiqot, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash).
    5. Keys janrini tanlash.
    6. Keysning tuzilishini aniqlash.
    7. Ishni yozish.
    8. Ilovalarni shakllantirish.
    9. Keys bilan ishlash uchun savollar yoki topshiriqlarning bayoni.
    10. Talabalarni keys bilan ishlashini baholash tizimini yaratish.
    11. Talabalarning keys bilan ishlash shakllarini (individual, guruhli) ko‘rib chiqish; odatda, keys materiallarini muhokamasi boshqariladigan munozara jarayonida tashkil etiladi. U yozma ravishda ham bajarilishi yoki og‘zaki muhokama bilan to‘ldirilishi mumkin, masalan, esse shaklida.
    12. Keysning qancha muddat davomida o‘rganilishini aniqlash: darsning ma’lum bir bosqichidami, butun darsni yoki bir nechta darslarni qamrab olishi.
    13. Keysdan talabalar va o‘qituvchilar uchun foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlash.
    14. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qo‘llash (o‘quvchilarning keys bilan ishlash faoliyatini tashkil etish).
    15.Keysning samaradorligini tashhislash, tuzatishlar kiritish va yakuniy versiyasini tayyorlash.
    16. Amaliyotga joriy etish.
    17. Tajribani ommalashtirish maqsadida uni chop etish.
    Darsda keys bilan ishlashning umumiy algoritmi:
    1. O‘qituvchining kirish so‘zi.
    2. Talabalarni keysning matni bilan tanishtirish.
    3. Keys ustida ishlash muddatlarini, baholash tizimini aniqlash.
    4. Talabalarni guruhlarga taqsimlash, guruh ishini tashkil etish.
    5. Keysning mazmunini muhokama qilishni tashkil etish. O‘qituvchi keysning munozarasini kichik guruhlarda olib boradi, ularga qo‘shimcha axborot beradi.
    6. Keysni talabalar tomonidan hal qilish (savollarga javob berish yoki topshiriqlarni bajarish).
    7. Guruhlarning taqdimotlarini tashkil etish.
    8. Umumiy muhokamani tashkil etish.
    9. O‘qituvchining umumlashtiradigan nutqi, uning vaziyatni tahlil qilishi.
    10. Talabalarni baholash.



    Download 90,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 90,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1.“Case stady” yoki “Aniq vaziyatlar” usuli. “Swot tahlil” metodi va uni fizika ta’limiga qo’llash. “Case stady” yoki “Aniq vaziyatlar” usuli

    Download 90,5 Kb.