1savol geofizika




Download 139,14 Kb.
bet2/34
Sana13.01.2024
Hajmi139,14 Kb.
#136770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
SAVOLLARGA JAVOBLAR GEOFIZIKAGEOKIMYO
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Geokimyo (geo... va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. G. terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K.F. Shyonbeyn kiritgan (1838). G. 20-asr boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda
vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. Ye. Fersman (Rossiya) G.ning asoschilari hisoblanadi. 20-asrning 1 -yarmida oʻtkazilgan i. t. ishlari natijasida G. mustaqil fanga aylandi. G. boʻyicha birinchi yirik ilmiy axborotlar toʻplami amerikalik olim F.U. Klark tomonidan bajarilgan. Oʻrta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M.Akramxoʻjayev,H. N.Boymuhamedov, I. Hamroboyev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpayev, S. T. Badalov va b. G.ni
yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida G.ning yangi tarmoklari — kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik G., fizik G., gidrogeokimyo, litosfera G.si, organik G., litogenez G., izotoplar G.si, tabiiy jarayonlar G.si, nodir elementlar G.si va b. vujudga keldi. G.ning bu sohalari foydali qazilmalarni izlashda nazariy asoslardan hisoblanadi. G. metodlari geologik metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. G. okeanshunoslik, biol., tuproqshunoslik va b.fanlarning maʼlumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Quyosh, Oy, yulduzlar, meteoritlar va b.sayyoralar kabi Yer ham yuzdan ortiq kimyoviy element va ularning izotoplaridan tashkil topgan.Bularning tarqalish qonuniyatlari Yer kurrasining ichki va tashqi tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq. Yer kurrasi bir necha qavat — geosferalardan iborat: 1) tashqi qavat — atmosfera; 2)gidrosfera; 3) biosfera; 4) litosfera — qattiq jinslar. Atmosfera tarkibidagi karbonat angidridi (S02) boshqa elementlar bilan birikib, karbonat jinslarni va minerallarni hosil qilgan. Biosferada geokimyoviy jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ishtirokida boʻladi. Natijada turli xilfoydali qazilmalar (neft, gaz, toshkoʻmir, ohaktosh, diatomitlar, oltingugurt, gips, fosforit, temir,marganes va b.) hosil boʻlgan. Togʻ jinslarining nurashida ham mikroorganizmlar qatnashadi.Litosfera, mantiya va Yer yadrosi kimyoviy tarkibi, ularda buladigan kimyoviy, geokimyoviy va geofizik jarayonlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Yer kurrasining oʻrtacha tarkibini asosan elementlarning davriy sistemasidagi 16 element Gʻe(39,75%), O2(27,71%), Si( 14,58%) va b.
tashkil etadi. Boshqa elementlar 0,2—0,5% ga teng . Kimyoviy elementlarning Yer pusti togʻjinslaridagi oʻrtacha miqdori (klarki)ni aniqlash foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega. Baʼzi bir metallar (qoʻrgʻoshin, simob, mis, oltin va b.) juda oz miqdorda boʻlsa ham maʼlum sharoitda bir joyga toʻplanib, konlar hosil qilish xususiyatiga ega. Ayrim elementlar (vismut, reniy, kadmiy va b.) mustaqil ruda koni hosil qilmaydi. Ular volfram, molibden, rux rudalarida aralashma holida uchraydi. Bunday rudalar mexanik birikma va sof element yoki izomorf shaklida boʻladi.



Download 139,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 139,14 Kb.