SAVOL 1.2. Geofizik tadqiqot usullari




Download 139,14 Kb.
bet3/34
Sana13.01.2024
Hajmi139,14 Kb.
#136770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
SAVOLLARGA JAVOBLAR GEOFIZIKAGEOKIMYO
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
2SAVOL
1.2. Geofizik tadqiqot usullari
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, geofizikada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular yordamida ilmiyamaliy ahamiyatga ega boMgan tabiiy jarayonlarni baholash, boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyati
yaratiladi, geosferalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va ta’sir mexanizmi aniqlanadi.
Asosiy geofizik tushunchalar. Geofizik tadqiqot usullariga tavsif berishdan aw al uchta asosiy geofizik tushunchalar geofizik
maydon, geofizik kattalik va geofizik hodisalar haqida to‘xtalish lozim, ularning mazmuni bilan tanishib chiqish zarur. Zero,geofizik tadqiqot usullan yordamida geofizik maydon, geofizik kattalik va geofizik hodisalar o'rganiladi.
Geofizik maydon deganda, geografik qobiqdagi materiya mavjudligining asl shakli yoki ko‘rinishini tushunamiz. Bunday
maydonlar juda ko‘p. Ularning asosiylari gravitatsion, elektromagnit, termik, barik kabi maydonlardir. Bu maydonlar uchun
umumiylik shundaki, ularda doimo o‘zaro ta’sir etib'turadigan elementar zarrachalar mavjuddir. Elementar zarrachalaming o‘zaro
ta’sirlashuvi har bir geosferaning ichki qismida hamda geosferalar orasida, ayniqsa ular tutashgan chegaralarda sodir bo‘ladi. Eng
asosiysi geofizik maydonning turli nuqtalarida geofizik kattalik turlicha qiymatlarda ega bo‘ladi. Geofizik kattalik deganda, geosferalar, geofizik maydonlar, geofizik jarayonlar va hodisalaming fizik holatini tushunmoq kerak. Jumladan atmosferaning fizik kattaligiga havoning harorati va namligi, shamolning tezligi va yo‘nalishi, dunyo okeani uchun
suvning chuqurligi, harorati, sho‘rligi, rangi, tiniqligi, to‘lqinlari, oqimlari va h.k., daryolar uchun esa chuqurligi, oqim tezligi,
harorati, suv sathi va sarfi, yotqiziqlar miqdori, muzning qalinligi, suv toshqinlari, mejen davri, loyqaligi va h.k. tegishli. Ko‘rinib
turibdiki, geofizik kattaliklar maxsus jihozlar yordamida o‘lchanadi va tadqiqot ishlarining eng muhim ma’lumotlari hisoblanadi.
Geofizik hodisalar - geofizik maydon yoki uning ayrim tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirming namoyon boiish shakli.
Geofizik hodisalarga qutb shaffofligi, okean, dengiz, daryo va qo‘l, botqoqliklardagi suvlarning muzlashi, oqimi, to‘lqinlari, dengiz suvining qalqishi, qor ko‘chkilari, surilmalar, jarlamshi, sel, tog‘ qulashlari va h.k. misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida biz qisqacha to'xtalib o‘tgan geofizik maydon, geofizik kattalik va hodisalaming fizik xossalari hamda xususiyatlarini o‘rganishda quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi:
- statsionar kuzatuv usuli;
- ekspeditsiya usuli;
- eksperimental - tajriba usuli;
- aerokosmik yoki distansion usul;- paleogeografik usul.
Statsionar kuzatuv usuli. Mazkur usul mohiyatiga ko‘ra barcha jihozlar o‘rnatilgan maxsus joyda uzluksiz tadqiqot ishlari
olib boriladi. Bunda jihozlar yordamida geofizik kattaliklar (masalan, harorat, bosim, namlik, suv oqimi hamda shamolning
tezligi, yo'nalishi va h.k.) hamda geofizik hodisalar (bulut, yog‘in, qor va muz qoplami, qor ko‘chkisi, to‘zonli bo‘ronlar, tog‘
jinslarinmg burmalari va h.k.) sifat jihatdan baholanadi. Odatda, kuzatuv va o‘lchash ishlari geofizik stansiyalarda geosferalaming
suyuq, qattiq va havo qobig‘ida alohida olib boriladi. Masalan, 1957-1959-yillar Xalqaro geofizik-yil deb e’lon qilingan va
dunyoning 67 mamlakatidan turli mutaxassislar geofizik stansiyalarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarinmg natijasi haqida
axborat bergan. Geofizik stansiyalarga tegishli bo‘lgan seysmik, gravimetrik, meteorologik, gidrologik, aerologik,agrometeorologik va ionosfera stansiya va postlari eng ko‘p tarqalgan. Bularda barcha geosferalaming geofizik maydon, kattalik va hodisalari to‘g‘risida aniq ilmiy dalillar to‘planadi va tahlil qilinadi.
Ekspeditsiya usuli. Bunda turli geosferalardagi geofizik maydon bilan hodisalar o'rtasidagi o‘zaro miqdoriy aloqa va bog'liqliklami namoyon qilish maqsadida tadqiqot ishlarini katta maydonlarda olib boriladi. Okeanologik, qutbiy, gidrometeo
rologik kabi ekspeditsiyalar maxsus jihozlangan kemalarda, batiskaflarda, mashina va samolyotlarda olib bonladi. U yoki bu
hudud doirasida geofizik kattaliklaming qiymat o‘zgarishini geofizik s’yomkalarda (magnit, gravimetrik, geologik, seysmik va
h.k.) aniqlanadi.
Eksperimental - tajriba usuli. Mohiyati: laboratoriya sharoitida geofizik jarayon va hodisalami o‘rganishga asoslangan.
Tajriba uchun maxsus dala maydoni tanlanib tadqiqot ishlarini olib borish ham mumkin. Laboratoriya va tabiatda olib borilgan
eksperiment ishlar natijasida yog‘in va tumanlaming hosil boiishi, daryo oqimining shakllanishi, yotqiziqlarmng oqizilishi, o‘zanning 10o‘zgarishi, suv va tog‘ jinslarida tebranmali to‘lqinlarning tarqalishi kabilar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar to‘plangan. Masalan, sun’iy yog‘m yog‘dirish, tumanlami tarqatib yuborish orqali jala va do‘l yog^shining oldini olish kabi ishlar tajribada sinalib xalq xo‘jaligiga katta lqtisodiy foyda keltirilmoqda. AQSHda yirik shaharlar ustida sun’iy tuman hosil qilish
(Yerdan issiqlik kosmosga nurlanib ketmasligi maqsadida), Rossiyadagi Yer fizikasi institutida «yer po‘sti-atmosferaionosfera-Yer magnitosferasi» tizimi bo'yicha eksperiment ishlari olib borilmoqda.
Aerokosmik yoki distansion usul. Ushbu uslub barcha tadqiqot ishlanda samara beradigan va istiqboli porloq uslublardan
hisoblanadi. Kosmik tasvirlar geosferalaming ayni paytdagi holati qanday bo‘lsa shundayligicha amq ma’lumot beradi. Bu uslubning o‘rmni birorta uslub bilan almashtirib bo‘lmaydi. Jumladan, dunyo okeani tubining relyefi, atmosferadagi fizik jarayonlar, geologik strukturalar, qazilma boyliklar va h.k. kosmik kemalardan olingan tasvirlar tahlili orqali aniqlanadi.
Paleogeografik usul. Bu geologiya fanida qo‘llaniladigan paleontologik uslubga o‘xshash. Mohiyati: toshqotgan organizmlar
(hayvonot olami va o‘simlik) tahlil qilinib qadimgi davr tog‘ jinsi qatlamlarining yoshini, tabiiy geografik sharoitini aniqlanadi.
Masalan, G‘arbiy Tyanshan tizmalarida chig‘anoq, polipedlarning toshqotgan qoldig‘i topilgan. Chig‘anoqlaming yoshi devon va
paleogen davrlariga, polipedlarning yoshi devon-karbon davrlariga tegishli. Chig‘anoqlarning turiga qarab dengiz muhiti mavjudligini, suvning sho‘rligini, chuqurligi, harorati, qaysi iqlim mintaqasida joylashganligi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Polipedlar hozirgi paytda ekvatorial va subyekvatorial hamda suptropik mintaqalarda dengiz va okean suvlarida yashaydigan organizmlar bo‘lib, ular marjon orollarmi (koralriflarini) barpo etadi. Tabiiy xaritalarda qizil rangda tasvirlangan. Ularning yashashi uchun suvning sho‘rligi taxminan 35 promille, harorati 18-25 °C atrofida bo‘lsa yaxshi rivojlanadi. Toshkent shahridagi Geologiya institutining kinsh oldida 4 ta toshqotgan sekvaya daraxtining qoldig‘i ustun shaklida qo‘yilgan. Olimlarimiz bu daraxtni llToshkent-Chimkent orolig‘i (Chauli) dan topishgan. Bu daraxt qancha bo‘lsa, o‘sishi mumkinligi ayon. Shunmgdek, Amudaryo va Sirdaryoning qadimgi o'zanlari (Uzboy, daryoliq, Janadaryo, Quvonchdaryo)ni tahlil qilib, qancha suv oqqanligini (o‘zanning kengligi, chuqurligi va nishabligiga asoslanib), sho‘rligini, tezligini (yotqiziqlarnmg katta - kichikligi, qatlamlanishi, organizmlar qoldig‘iga asoslanib) amqlasa boiadi.


3SAVOL
Yer po’sti kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holati xaqidagi ma’lumotlar tektonofizika yo’nalishining asosiy ma’lumoti hisoblanadi va o’z navbatida tektonofizika tomonidan yechiladigan masalalarning biri hisoblanadi. Umuman olganda Tektonofizikaning asosiy vazifasi tog' jinslari va geologik jismlarning deformatsiyalanish jarayonlarini o'rganish bo'lib, bu tabiiy ob'ektlarning harakat yo'nalishini va ularning deformatsiyasining kattaligini (kinematik tahlil) va ta'sir qiluvchi kuchlarning
yo'nalishi va kattaligini qayta qurish imkonini beradi (dinamik tahlil) [1]. Hozirgi vaqtga kelib tektonofizikaning barcha masalalarini yechish uchun ko’plab ilmiy tadqiqot natijalari va hisobotlari, ilmiy ishlar hamda maqolalar, turli tadqiqotlarning
ko’plab ma’lumotlaridan foydalangan holda ishlar olib boriladi. O’zbekistonning seysmologik to’ri tomonidan qayd etilgan zilzilalarni qayta ishlash, interpretatsiyalash orqali ajratib olingan zilzilalar uchun zilzila o’chog’i mexanizmlari quriladi. Olingan ma’lumotlar keyingi bosqichda qayta ishlash orqali tektonofizikaning oldiga qo’yilgan vazifani qisman yechish imkoni
mavjud bo’ladi. Zilzila o’chog’i mexanizmi seysmik hodisani tavsiflab beruvchi muhim ko’rsatkichlardan biri
hisoblanadi. Zamonaviy seysmologiyada bo’shashgan mustahkamlik yuzasi bo’ylab seysmik
to’lqinlarning tarqalishi bilan kechuvchi tog’ jinslarining kutilmagandagi siljishi bilan bog’liq, bir
vaqtning o’zida asosiy kuchlanish o’qlarining muhitdagi yo’nalishi, ehtimoliy yoriq yuzasi va zilzila o’chog’idagi siljishni ko’rsatib beradi. Seysmogrammalarda turli azimutlardagi birinchi siljish yoki o’choqdan (stansiyada siqilish,
yoki “+”), yoki o’choqqa (stansiyada cho’zilish, yoki “-”) yo’nalganligini ko’rsatdi. Ko’pincha, qarama-qarshi ishoralarimpulsining taqsimlanishi siqilish va cho’zilish hududlarini ajratuvchi ikki perpendikulyar chiziq o’tkazishga imkon beradi (ikkilik dipol modeli). Bu chiziqlar nodal chiziq nomini oldi. Bundan tashqari birinchi siljish amplitudalari qonuniyatga yetarlicha bo’ysungandek tutadi: stansiya nodal chiziqqa qanchalik yaqin joylashgan bo’lsa undagi amplituda ham shunchalik
kichik bo’ladi. Bundan kelib chiqib nodal chiziqlar to’rtta kvadrantni tashkil etadi, qo’shni kvadrantlar zilzila to’lqini kuzatuv stansiyasiga birinchi kelishining turli ishoralariga ega, dioganaliga qarama-qarshi kvadrantlar bir hil ishoraga ega bo’ladi [2].
Uzoqda joylashgan seysmik stansiyaga yetib kelayotgan seysmik to’lqinning yo’nalishi (qutblanganligi) va xarakat amplitudasi to’lqin turi hamda zilzila o’chog’idagi xarakatga nisbatan stansiyaning joylashganligiga bog’liq. Surilmali dislokasiya yoriq yuzasini tushuntirib beruvchi nisbiy umumiy model hisoblanadi.
Yer po‘stida sodir bo'ladigan tabiiy hodisalardan biri zilziladir. Yer po'stida tarkib topgan kuchlanish (energiya)ning ta’sirida favqulodda va tez sodir bo‘ladi. Asosan geosinklinal mintaqalarda tarqalgan. Tadqiqotchi olimlar, seysmologlar zilzilaning
quyidagi jihatlarim o‘rganmoqdalar: geografiyasi (qayerlarda uchraydi), qanday kuchlanishga ega, qachon boiadi. Dastlabki
74ikkita savol yechilgan bo‘lsada, oxirgisi hozircha uzil-kesil anilanganicha yo‘q. Olimlar zilzila bashorati bilan shug‘ullan
moqdalar. Zilzilalar kelib chiqishiga ko‘ra tektonik, vulqonik, tog‘ qulashlari (surilmalar) yoki denudatsion va antropogen zilzilalarga bo‘linadi. Bulardan dastlabki ikkitasi eng dahshatli hisoblanadi va juda ko‘p uchraydi. Ashgabad (1948), Chotqol (1946), Andijon (1911), Toshkent (1966), Gazli (1976) zilzilalar o‘z tabiatiga ko‘ra tektonik zilzilalardir. Bizning o‘lkamiz 0 ‘rta dengiz-Himoloy (Transosiyo) seysmik mintaqada joylashgan. Eng faol seysmik mintaqa Tinch okeani olovli mintaqasidir. Bulardan tashqari Shimoliy Atlantika, Buyuk Afrika yer yorig‘i mintaqalari ham mavjud. Zilzila bo‘lgan yer po‘stining ichki qismini zilzila o ‘chog‘i yoki gipotsentr deb, uning tepa qismidagi yer yuzasini epitsentr deb ataladi. Zilzila o‘chog‘i turli chuqurliklarda joylashishi mumkin, Masalan, Toshkent zilzilasimng gipotsentri 8 km (epitsentrida, «Matonat monumenti» o‘rnatilgan) bo‘lsa Gazli zilzilasiniki (1976) 20 km. Zilzila o‘chog‘i 700 km chuqurlikda joylashishi ham mumkin. Okeanlardagi zilzilalar ta’sirida sunami (yaponcha qo‘ltiqdagi toTqin) toMqinlari paydo bo‘ladi. Sunami epitsentrida toiqinlaming balandligi 0,3-0,6 metr bo‘lsada, qirg‘oq zonalanda 30 metr va undan ortadi. Sunami to‘lqinining tezligi 700-800 km/sekga yetadi. Ko‘plab vayronagarchilikka sababchi bo‘ladi Zilzila kuchi 12 balli tizimda (S.V.Medvedev) va Rixter shkalasi (8,8 ball) bo‘yicha aniqlanadi. Zilzila kuchini aniqlashda subyektivizmga yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun dunyo seysmologlari yagona xalqaro seysmik shkala tuzish borasida ish olib bormoqdalar. Ayniqsa zilzilani oldindan aytib berish muammosi bilan jiddiy shug‘ullanmoqdalar. Maqsad moddiy, ma’naviy va iqtisodiy zaraming oldini olish. Bu borada Toshkent seysmologlari
ham barakali mehnat qilmoqdalar. Jumladan, yer osti suvlarining tarkibidagi radon miqdorining o‘zgarishiga, magnit maydonining
holatiga qarab bashoratlash borasida ibratli ishlar amalga oshiriladi.
4.4. Yer po‘stining harakati haqidagi g‘oyalar :
Bu borada ko‘plab fikr va mulohazalar bildirilgan. Shulardan asosiylari kontraksiya (lotincha tortilish, siqilish), izostaziya
(yunoncha teng holat), materiklaming gorizontal dreyfi g‘oyalaridir.

Download 139,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 139,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SAVOL 1.2. Geofizik tadqiqot usullari

Download 139,14 Kb.