Neft va tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlashga tayerlash




Download 233,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.09.2024
Hajmi233,33 Kb.
#270416
1   2
Bog'liq
2 лекция нг 4 курс

Neft va tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlashga tayerlash. 
Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborishdan oldin 
qatlam suvlari bilan mineral tuzlardan tozalanadi. Neftdagi qimmatli 
komponentlar yo’qolishini kamaytirish maqsadida undagi yengil qaynovchi 
komponentlar – asosan propan–butan fraksiyasi hamda qisman pentan 
fraksiyali 
uglevodorodlari 
haydab 
olinadi. 
Bu 
jarayon 
neftni 
barqarorlashtirish deyiladi. Neftni dastlabki qayta ishlashda tiniq (benzin, 
kerosin, reaktiv va dizel yoqilg’isi) va qora (mazut, vakuum distillatlar, 
gudron) neft mahsulotlariga haydaladi. Tiniq mahsulotlar chiqishini 
ko’paytirish maqsadida hamda sifatni yaxshilash uchun neft ikkinchi bor 
qayta ishlashga beriladi. Nomaqbul komponent va aralashmalarni ajratib 
olish maqsadida neft mahsulotlari ulardan tozalanadi. Bunda gidrotozalash 
va demetallashtirish usullari qo’llaniladi. Olingan neft mahsulotlari sifatini 
yaxshilash maqsadida ularga maxsus moddalar qo’shiladi. Neft yer qa’rida 
hajmi bir necha kub milimetrdan milliard kub metrgacha o’zgarib, to’plam 
ko’rinishida yig’iladi. Amalda neftining massasi bir necha ming tonna va 
undan ortiq bo’lgan neft uyumlari ahamiyatga ega bo’lib, unda neft g’ovakli 
va o’tkazuvchan (masalan, qum–tosh hamda ohaktosh) jinslarda joylashgan 
bo’ladi. Neft uyumlari chuqurligi 500–3500 m ni tashkil etib, neft 
zahiralarining asosiy qismi 800– 2500 m chuqurlikda joylashgan bo’ladi. 
Qadimda neft ochiq suv havzalarining yuzasidan yig’ib olish orqali yoki, 
quduqlardagi neftga shimilgan qum yoki ohaktoshlardan ajratib olingan. 
Neftni suv havzasidan yig’ib olish eramizgacha Midiya, Misr va 
Vaviloniyada amalga oshirilgan. 1825-yilda Bokuda 120 ta quduqdan 4126 
tonna neft olingan edi. 
XIX asrning o’rtalarida burg’ilash quduqlaridan neft mexanik tarzda 
qazib olina boshlandi. Birinchi neft qudug’i AQShda 1859 yilda 
burg’ilangan bo’lsa, Rossiyada esa 1864 yili Kubanda burg’ilandi. Neftni 
yer qa’ridan qazib olish ikki xil energiya yordamida amalga oshiriladi. 
Ular– yer qatlamining tabiiy energiyasi va quduq tashqaridan beriladigan 
energiya hisobiga. Neft quduqlarini qatlam energiyasi hisobiga ishlatish 
usuli – favvora usuli deyladi. Bu usul quduqni ishlatishning boshlang’ich 
davrida, ya’ni neft uyumining bosimi yuqori bo’lganda qo’llaniladi. 
Quduqlarni ishlatish usullarining eng samaralisi favvora usuli hisoblanadi. 
Favvora usulida ishlovchi quduqlar quduq ustini germitiklash; quduq ish 
tarzini nazorat qilish va boshqarish; quduqni bosim ostida to’liq berkitish 
imkonini beruvchi maxsus armaturalar bilan jihozlanadi. Neft qazib olish 
ekspluatasion quduqlarda tashqaridan beriladigan energiya hisobiga 
chiqarilsa, 
bu 
usul 
mexanizasiyalashtirilgan 
usul 
deyiladi. 
Mexanizasiyalashtirilgan usul o’z navbatida ikki xil: kompressorli va 


nasosli ishlatish usullariga bo’linadi. Kompressorli usulida neft qazib 
olinadigan quduqqa kompressor yordamida gaz haydaladi. Oqibatda 
neftning zichligi kamayib, quduqni to’ldirib turgan suyuqlik ustunining 
quduq tubiga beradigan bosimi pasayadi va uning qatlamidagi bosimi bilan 
quduq tubi bosimlari orasidagi tafovut ortib, natijada neft yer yuziga qarab 
harakatlanadi. Shuning uchun bu usl Gazlift usuli (gaz yordamida neftni 
yuqoriga chiqariladi) deb ham yuritiladi. Ba’zan quduqqa yaqin joylashgan 
yuqori bosimli gaz uyumi gazidan foydalanilsa bu usul kompressorsiz 
Gazlift usulida ishlatish deyiladi. Ayrim konlarda quduqlarni gazlift usulida 
ishlatishda ishchi agent sifatida havodan foydlaniladi. Ishchi agent sifatida 
havodan foydalanilganda ishlatishning bu usuli – erlift deb yuritiladi. Erlift 
usulida G’arbiy Sibir, Turkmaniston, G’arbiy Qozog’istondagi konlarining 
ayrim quduqlari ishlatiladi. Quduqlarni nasosli ishlatish usulida, nasos 
ma’lum chuqurlikka tushirilib, tashqaridan beriladigan energiya hisobiga 
ko’pgina neft qazib olinadi. Konlarda ishlatiladigan nasoslar orasida eng 
ko’p tarqalgani shtangali nasoslardir. Shtangali nasos bilan neftni yuqoriga 
ko’tarish uchun quduq ichiga silindr va so’ruvchi klapanli (1) quvur 
tushiriladi.
Yer ostidan qazib olinadigan neft o’zi bilan birga (50–100 m3 /t) gaz, 
(200–300 kg/t) suv, mineral tuzlar (10–15 kg/t) va mexanik aralashmalarni 
olib chiqadi. Neftni qayta ishlashga yuborishdan oldin u gazlar, mexanik 


aralashmalar, suvning asosiy qismi va tuzlardan tozalanishi kerak. Konda 
qazib olingan neft qayta ishlashga yuborilayotganda tarkibidagi keraksiz 
qo’shimchalar miqdorini standart talablarida keltirilgan me’yorgacha 
tozalash maqsadida elektrosuvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmasida 
tarkibidagi mineral komponentlar ajratib olinadi, so’ngra neft 
barqarorlashtirishga uzatiladi. Neftni fizik barqarorlashtirish jarayoni gaz 
komponentlarni haydab chiqarish uchun mo’ljallangan. Neftdan atrof–
muhit haroratida yuqori bosim ta’siridagi gazning to’yingan bug’lari 
ajralishida o’zi bilan birga benzin fraksiyalaridagi kerakli yengil 
kompotentlarni olib chiqadi. 
Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va ishlatiladi. 
Bir kolonnali barqarorlashtirish qurilma faqat neftni barqarorlashtirish 
uchun qo’llaniladi. Ikki kolonnali qurilmalarda esa birida neftni, 
ikkinchisida gazli benzinni barqarorlashtirish amalga oshiriladi. Ikki 
kolonnali qurilmalar asosan tarkibi 1,5 % (mass.) dan yuqori bo’lgan erigan 
gaz tarkibli neftlar uchun foydalaniladi. Yengil neftni barqarorlashtirish 
natijasida uning tarkibidan metan, etan to’liq, propan 95 % gacha ajratiladi. 
Neftni 40 0S dagi to’yingan bug’lar bosimi 0,85 dan 0,03 MPa gacha 
pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda uning doimiy fraksion tarkibda 
qolishini kafolatlaydi. 
Bizga ma’lumki, neft va gaz konlarda quduqlardan burg’ilash yo’li 
bilan qatlam bosimi ostida yoki nasoslar yordamida yer ostdan tortib 
olinadi. Dunyo olimlari fikriga ko’ra neft organik modda mahsuli sifatida 
qaraladi. U dastlab dengiz loyqalari orasida qolib ketgan kimyoviy 
o’zgarishlari orqali vujudga kelganligi qayd qilinadi. Neft bir jinsli suyuqlik 
bo’lmay, turli molekula massasiga ega bo’lgan uglevodorodlar 
aralashmasidan tashkil topgan. Tarkibi ham har xil bo’lib, oltingugurtli, 
azotli, kislorodli va smolasimon (qatron) moddalar miqdori bilan farq 
qiladi. Konlardan qazib chiqarilayotgan neftlar o’zi bilan birgalikda 
yo’ldosh gazlar, mexanik qo’shimchalar (qum yoki, mahsuldor qatlam tog’ 
jinslari yemirilishidan hosil bo’lgan zarralar), tuz (erigan yoki, kristall 
holatda) va suvni olib chiqaradi. Neftdagi yo’ldosh va erigan gazlar gaz–
ajratkich (separator) larda quduq bosimidan atmosfera bosimigacha 
pasaytirish yo’li bilan ajratiladi. Separatorning yuqori qismidan ajratilgan 
gaz qisman kondensatdan ajratilib, gazni qayta ishlash zavodlariga yoki 
qatlam bosimini saqlash maqsadida haydovchi quduqlarda qayta haydaladi. 
Neft tarkibida separatorlardan o’tgandan keyin ham erigan gazlar qoladi, 
ya’ni ularning miqdori 4 % (mass.) gacha bo’lishi mumkin. Konlarda 
quduqdagi mahsulotlarni fazalarga ajratish maqsadida foydalaniladigan 
separatorlarning bunday turi– trap deb, nom olgan. Trap– gaz separator 
(ajratgich) larda gazlarni ajratish bilan bir vaqtda neftdagi mexanik jinslar 
va suvni katta miqdorini ajratish uchun tindirish jarayoni o’tkaziladi. Neftni 


qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftlar GOST 9965– 62 ga muvofiq 
undagi xloridlar, suv va mexanik ko’shimchaga miqdori quyidagidan ortiq 
bo’lmasligi kerak. Xloridlar – 40 mg/l, suv – 0,1 % (mass), mexanik 
qo’shimchalar – 0,05 % (mass). 
Tabiiy yonilg’i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini 
o’zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiqadigan gazlarida nordon 
komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, siyrak 
gazlar–geliy va argon) bo’ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy 
hamrohi suv bug’laridir. Tabiiy gazlar tarkibidagi uglevodorodlarni 
miqdorini foizlarda shartli ravishda uch guruxga bo’lish mumkin: – 
Birinchi guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, 
gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo’ladi. – 
Ikkinchi guruhga propan, izobutan va n–butan kiradi. Bu uglevodorodlar 
normal sharoitda gaz ko’rinishida, yuqori bosimlarda ular suyuq holatga 
o’tadi. – Uchinchi guruhga izopentan, n–pentan, geksan va biroz yuqori 
molekulali uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda 
bo’lib, benzin tarkibiga kiradi. Gazlarni qayta ishlashning mohiyati 
shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo’qotish, 
so’ngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir. 
Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra ularni uch guruhga 
bo’lish mumkin: 1. Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo’lgan bo’lib tarkibida 
juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar; 2. Yo’ldosh gazlar, 
neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar; 3. Zavod gazlari, neftni qayta 
ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo’ladigan gazlar. Tabiiy 
gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yonilg’i sifatida keng 
foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda 
xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan vodorod, asetilen, 
polietilen, formaldegid, xloroform va boshqalar. Yo’ldosh gazlar maishiy 
ehtiyojlar uchun yonilg’i va avtotransportlarda yoqilg’i sifatida ishlatiladi, 
shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham 
foydalaniladi. Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv 
jarayonlardan zavod gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod 
tarkibiga ko’ra bir–biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida 
metan va turli miqdorlarda to’yinmagan uglevodorodlarga boy bo’ladi. 
Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko’pligi bilan 
xarakterlanadi. 
Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz 
gidratlari hosil bo’ladi. Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy 
gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar: metan, etan, propan, izobutan, 
shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy 
gaz gidratlari kimyoviy jihatdan quyidagi formulaga egadir: SN2·6N2O; 
S2N6·8N2O; S3N8·17N2O; S4N10·17N2O; N2 S·6N2O; N2 ·6N2O; SO2 


·6N2O Gidratlar ko’rinishi, oq kristall moddalar bo’lib, hosil bo’lish 
sharoitiga ko’ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o’xshaydi. Uglevodorodli 
gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan 
to’la bo’ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va 
uglerod ikki oksidi bo’ladi. Gaz gidratlari hosil bo’lishi kuvurlar va 
jihozlarda tiqinlar tufayli ko’ndalang kesim yuzasini kichrayishiga olib 
keladi. 
Neft quduqlaridan qazib olingan neft tarkibida erigan gazlar, suv, tuz 
va mexanik aralashmalar – qum va tuproq qatlam tuzilishi va ishlatish 
tarziga muvofiq turli miqdorlarda uchraydi. Shuning uchun neft konlarda 
va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Kondan qazib olingan neft 
maxsus quvurlar orqali po’latdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz 
ajratgich ) oqib keladi. Separotorda neftning bosimi va oqimini kamaytirish 
evaziga undan erigan gazlar (yo’ldosh gazlar) ajratib olinadi. Bir vaqtning 
o’zida neft tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman 
ajraladi. Mineral tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan 
yuviladi. Neft suv bilan mustaqkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun 
ham tindirish yo’li bilan suvni to’liq ajratib bo’lmaydi. Suvni va tuzni 
neftdan to’liq ajratish turli termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarni 
qo’llash bilan amalga oshiriladi. Elektrotuzsizlantirish qurilmalarida 
shunday ishlov berish natijasida neft tarkibidagi suv 0,1 % gacha, tuz esa 
70–100 mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach barqarorlashtiriladi. 
Ya’ni yengil qaynovchi butan–pentanli fraksiya (qisman geksan fraksiyasi) 
haydab ajratib olinadi. Shu orqali, neftni saqlash va tashish jarayonida 
yengil uglevodorodlarning yo’qotilishi oldi olinadi. Neftni qayta 
ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan qurilmalar. Neftni qayta 
ishlash sanoatida neft uch yo’nalishda qayta ishlanadi: – yoqilg’i olish bilan 
boruvchi (motor va qozon yoqilg’isi olinadi), – yoqilg’i–moy olish bilan 
boruvchi (xom motor yoqilg’isi ham surkov moylari olinadi), – neftni 
kimyoviy qayta ishlash (yoqilg’ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun 
xom ashyo olinadi). Neftni qayta ishlashning bu uchala turlari fizikaviy va 
kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi 

Download 233,33 Kb.
1   2




Download 233,33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlashga tayerlash

Download 233,33 Kb.
Pdf ko'rish