• Masofadan o`qitish tizimlari
  • Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli




    Download 393,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana07.12.2023
    Hajmi393,18 Kb.
    #113191
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-Amaliy ish. To‘liq funksional Web-ilovalar loyihasi. Masofaviy aloqa usullarini o‘rganish.

    Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli
    Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol 
    ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng 
    qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol. 
    Ko`pchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron 
    pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari 
    kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni 
    Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan o`qitish, elеktron 
    kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va 
    boshqalar. Quyida bu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy tavsiflarini kеltiramiz. 
    Masofadan o`qitish tizimlari 
    Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har 
    daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan 
    voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. 
    Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli 
    normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va 
    o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan 
    o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. 
    Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo`l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi 
    informatsiya tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar 
    tayyorlash Milliy dasturi hamda O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» gi qonuni ham 
    zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi. 
    Va'holanki ta'lim tizimida sеzilarli o`zgarishlar ro`y bеrmoqda. Ta'lim tizimida masofadan 
    o`qitish uslubi shakllari qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi 
    shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish insonning mustaqil fikrlash, 
    holatni 
    baholash, 
    xulosa 
    va 
    bashorat 
    qilish 
    qobiliyatlarini 
    rivojlantiradi. 
    Masofadan o`qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va 
    hattoki ishdan ajralmagan holda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda 
    hozirgi kunda kеng tarqalgan. Kўpgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki 
    o`zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar. 


    Masofadan o`qitishning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini o`quvchi o`zi bеlgilaydi, 
    ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. 
    O`zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O`quvchi bеrilgan 
    programmani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz o`qishni tugatadi va guvohnoma oladi. 
    Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat 
    bеriladi. 
    Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida 
    masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib 
    borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha 
    yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining 
    asosida 
    kommunikatsiya 
    va 
    tarmoq 
    texnologiyalari 
    yotadi. 
    MO‘ asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta'lim 
    muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan 
    ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning 
    yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO‘ ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy 
    guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin: 
    • 
    ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida 
    bo‘lganlar; 
    • 
    mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari ; 
    • 
    an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot olaolmagan yoshlar; 
    • 
    o‘z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va 
    korxonalar xodimlari; 
    • 
    ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar; 
    • 
    markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi; 
    • 
    erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar; 
    • 
    jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar; 
    • 
    harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar. 
    O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu 
    turidan keng miqyosda foydalanish lozim. 

    Download 393,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 393,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli

    Download 393,18 Kb.
    Pdf ko'rish