Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o`tkazilgan
qishloq xujaligi, soliqlar va ekologiya
haqidagi o`tkazilgan har xil kurslar bo`lishi mumkin.
Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta'limning metodik, iqtisodiy, sotsial
yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik va salbiy tomonlari mavjud.
Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv
jarayoniga qatnashishi
mumkin.
•
Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona,
ish joyida va boshqa
joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
•
Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi.
•
Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda
tashkil qilish mumkin.
•
Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash
va undan
foydalanish imkoniyati.
•
Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati.
•
Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.