|
Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkinBog'liq 2-Amaliy ish. To‘liq funksional Web-ilovalar loyihasi. Masofaviy aloqa usullarini o‘rganish.Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Cheksiz masofaga ta'lim berish. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi masofa hech qanday
ahamiyatga ega emas.
Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O`quvchi ishdan ajralmas holatda ta'lim oladi.
O`quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta'lim texnologiyalarni to`lik qullagan o`quv muassasa
talabalar soni 2-3 barobar oshishi mumkin.
Narxi. Masofaviy ta'lim kurslari 2 va 3 barobar oddiy kurslarga qaraganda arzon.
Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo`qligi. Masofaviy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki qo`shimcha
ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o`tash istagida bo`lganlar; ikkinchi
paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar
aholisi; jismoniy nuqsonlari bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar; erkin ko`chib
yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin.
Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi.
Ammo masofaviy ta'limda salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish lozim. Ularga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan
virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o`qish istagida
bo`lishadi.
Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi.
Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi
haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi.
Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan
foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi
va ular ishlashiga taalluqli.
|
| |