II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH




Download 341,49 Kb.
bet11/14
Sana14.05.2024
Hajmi341,49 Kb.
#232216
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
BIOLOGIYANI O`QITISHDA HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI
Kerak li, 29-M bosh ta\'lim metodlari va vositalari, mustaqil ish yuzi, Kamoliddinov Behzod, Korporatsiyalarda moliyaviy boshqaruv, 1- ДАФТАР, PSIXОDIАGNОSTIKА TАRIXI, 2 Fuqarolik huquqi (nazariy savollar), 12-mavzu Солиқ сиёсати ва унинг асосий йўналишлари.doc - 12- mavzu. Soliq siyosati va uning asosiy yo`nalishlari REJA 1. Soliq siyosatining - College Sidekick, 1-Mustaqil ish(Amaliy)-AKT-S22-03 (1), Oraliq, Kristal fazalarning biri polimorf o\'zgarishlarga ega bo\'lgan ikki komponentlarni sistemalar, Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat faoliyati, archaeological museum, ANALIYYIZING SOME SOCIAL ISSUES
II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH.
2.1.Biologiya darslarida «zig zag» yoki «arra» metodidan foydalanish.
Bu metodda oʻquvchilar 6 - 8 tadan boʻlgan guruhlarga ajratiladi. Dars materiallari ham alohida blok-modullarga ajratiladi. Наг bir blok uchun topshiriqlar tuziladi va har qaysi guruhga bir blokdan tarqatiladi. Наг bir guruh mazkur blok uchun ikkitadan mutaxassis tayyorlaydi. Soʻngra har bir guruh yana ikkiga ajratiladi va mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarini tartib bilan tushuntirib berishadi. «Агга» metodi asosida oʻqitishni tashkil etishda aniq misollar orqali quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, sinfda 32 ta oʻquvchi boʻlsa, 4 xil rangli kartochkalar yordamida 8 ta oʻquvchidan iborat bir xil rangli kartochkaga ega boʻlgan 4 ta “mutaxassislar tayyorlash” guruhiga ajratiladi. Bu guruhlar berilgan blokdagi topshiriqlarni bajarib boʻlgach, har biri 4 tadan rangli, lekin bir xil kartochkaga ega boʻlgan 8 ta guruhga ajratiladi. Mazkur guruhdagi mutaxassislar oʻzlari oʻzlashtirgan bilimlarni tartib bilan tushuntirib berishadi. Soʻngra mavzu yuzasidan munozara oʻtkaziladi. “Arra” metodida har bir oʻquvchi boshqa oʻquvchi bergan ma’lumotni diqqat bilan eshitishi, kerakli ma’lumotlarni daftarga yozib borishi lozim. Dars yakunida oʻqituvchi test topshiriqlari yordamida oʻquvchilar bilimini baholaydi. “Arra” metodini boshqa usulda ham tashkil etish mumkin. Buning uchun oʻquvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga ajratiladi. Barcha guruhlarga bir xildagi topshiriqlar beriladi. Guruhlardagi oʻquvchilar topshiriqlarni boʻlishib olishadi. Har bir oʻquvchi oʻziga tegishli topshiriqni puxta oʻzlashtirishga harakat qiladi. Shundan soʻng guruhlar “Mutaxassislar uchrashuvi” da boʻlganidek qayta taqsimlanadi; mutaxassislar oʻzlariga tegishli oʻquv materiallarini tushuntirib berishadi. Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar bilimi test topshiriqlari yordamida baholanadi. Quyida «Hasharotlarning ichki tuzilishi» mavzusi boʻyicha oʻquv topshiriqlari berilgan. Mavzu mutaxassislar tayyorlash guruhlari soniga muvofiq 4 ta blokka ajratiladi.
1- blok: Hazm qilish sistemasi.
1. Bronza qoʻngʻizi oziqni qanday uzib olib, maydalaydi?
2. Oziq hazm qilish sistemasining qaysi qismida maydalanadi va qonga soʻriladi.
3. Ovqat hazm qilish sistemasi qanday qismlardan iborat?
4. Qaysi hasharotning ogʻiz organlari kemiruvchi boʻladi?
5. Qaysi hasharotlar ogʻiz organlari soʻruvchi xartumdan iborat?
2-blok: Nafas olish va ayirish sistemasi.
1. Nafas olish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Nafas olish sistemasiga havo qanday oʻtadi?
3. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Ayirish sistemasi orqali ayirish mahsulotlari qanday chiqarib yuboriladi?
5. Yogʻ tanachalari qanday vazifani bajaradi?
3-blok: Nerv sistemasi va sezgi organlari.
1. Hasharotlarning nerv sistemasi qanday boʻlimlardan iborat?
2. Hasharotlarning bosh miyasi boshqa boʻgʻimoyoqlilardan qanday farq qiladi?
3. Hasharotlar nerv sistemasida qanday nerv tugunlari bor?
4. Qaysi hasharotning bosh miyasi ayniqsa yaxshi rivojlangan?
5. Nerv sistemasi qanday vazifani bajaradi?
4-blok: Sezgi organlari.
1. Hasharotlarning qaysi sezgi organlari yaxshi rivojlangan?
2. Hasharotlar va daryo qisqichbaqasining koʻzlari tuzilishida qanday oʻxshashlik bor?
3. Qaysi hasharotlar hidni yaxshi ajratadi?
4. Hasharotlarning sezgi organlari qayerda joylashgan?
5. Qaysi hasharotlarda ovoz chiqarish organlari boʻladi.


Download 341,49 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 341,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. OʻQUVCHILARNING BILISH FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH

Download 341,49 Kb.