• 3. Otkazilgan tajriba natijasida u yoki bu jarayonning mohiyatini aniqlash.
  • 4. Muammoli savolni ilgari surish.
  • 2 I. Bob. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi




    Download 341,49 Kb.
    bet8/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi341,49 Kb.
    #232216
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    BIOLOGIYANI O`QITISHDA HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI

    2. Tahlil va sintez usuli. Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etishi so'ngra shu asosda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi. Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biology olimlar A.S.Faminsin va O.V.Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't - ksanoriya bo'lib, u oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan. Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar, ulami qaysi bo'limga kiritish mumkin? O'quvchilar ushbu muammoli savol yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildiradi.
    3. O'tkazilgan tajriba natijasida u yoki bu jarayonning mohiyatini aniqlash. «Barg» mavzusini o'rganishda o'qituvchi biolog olim Van Gelmont tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etadi. Bundan uch yuz yil awal olim bochkaga 80 kg tuproq soldi va unga og'irligi 500 g bo'lgan tol novdasini ekkan. Tol besh yil davomida tarkibida mineral tuzlari bo'lmagan suv bilan sug'orilgan. Besh yildan keyin aniqlanishicha, tolning og'irligi 65 kgni tashkil etgan, tuproq miqdori esa 50 g kamaygan. Mazkur hodisaning sababini aniqlang. «Soxta oyoqlilar sinfi» mavzusini o'qitishda quyidagi tajribani bayon etish maqsadga muvofiq. Ikkita kolbaning birinchisiga buloq suvi, ikkinchisiga qaynatilgan suv quyildi va amyobali suyuqlik teng miqdorda solindi. Oradan bir hafta o'tgach buloq suvida amyobalar ko'payganligi, ikkinchi kolbada esa ular nobud bo'lganligi aniqlandi. Ushbu tajribaning mohiyatini tushuntiring. Biologiya o'qituvchisi o'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda yuqorida qayd etilgan tajribalarga monand tajribaiarning natijalarini bayon etib, ular asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi maqsadga muvofiq.
    4. Muammoli savolni ilgari surish. Ushbu usul o'quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo'llashga zamin yaratadi. Quyida shunday savollardan namunalar keltirilmoqda:
    • Nima uchun qush tuxum po'chog'i yoriqlaridan kirgan havo bilan nafas olishiga qaramasdan embrional rivojlanishining muayyan bosqichida jabra yoriqlari vujudga keladi?
    • Kir yuvgan yoki o'tin yorgan kishi qo'lini ko'p ishlatishga to'g'ri keladi. Bu holatda nima uchun yelkada charchoq seziladi?
    • Nima uchun shifokor qabuliga kelgan bemoming o'naqay yoki chapaqay ekanligini bilishi lozim? Biologiyani o'qitish jarayonida o'qituvchi yuqorida qayd etilgan tarzdagi muammoli savollarni o'rtaga tashlashi va o'quvchilarning awal o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llashi orqali ularda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim.

    Download 341,49 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 341,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 I. Bob. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi

    Download 341,49 Kb.