Topshiriqning didaktik maqsadi




Download 341,49 Kb.
bet6/14
Sana14.05.2024
Hajmi341,49 Kb.
#232216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BIOLOGIYANI O`QITISHDA HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI

Topshiriqning didaktik maqsadi:
Siz o‘quv topshiriqlari ustida mustaqil ishlab, biologiyani o‘qitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri hamkorlikda 0‘qitish texnologiyalarini qo‘llash, mazkur texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, biologiya darslarida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanish usullari, mazkur darslaming an’anaviy darslardan farqi va afzalligi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko'nikma va malakalaringizni, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
1-modul. Ta’lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan muammoli «aqliy hujum» dars, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslar muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi. Mazkur darslaming o'ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi. Muammoli ta’lim deb, o'qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko'rsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo'naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi. Muammoli ta’lim jarayonida o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalami ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Muammoli ta ’lim texnologiyalari o'quvchilarning bilimlarni o'z lashtirish darajasini orttirish, ko'nikm alarni malaka darajasiga yetkazish maqsadida qo'llanilib, unda o'quvchi o'quv materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi, sintezlaydi, ma’lumotlarni umumlashtirib, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, avval o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, bilimlarni chuqurlashtiradi, kengaytiradi. Bilimlarni bunday o'zlashtirish usulini hech bir darslik va ustoz o'rgata olmaydi, faqat o'quvchilar muammoli vaziyatlarni hal etish jarayonida izlanadi va muammolar yechimini topadi. O'quvchilarni ijodiy va mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish, aqliy faoliyat usullarini egallashga, ularda ilmiy, tanqidiy-tahliliy, mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi. Masalan, «Sutemizuvchilarning hayotiy faolligi yuragining hajmiga bog'liq, hasharotlarda ham shundaymi?» degan savolga javob topishi uchun o'quvchilar avval sutemizuvchi hayvonlar va hasharotlarning qon aylanish sistemasini taqqoslashi, qonning bajaradigan funksiyalarini eslashi, ular o'rtasidagi farqni belgilashi, nafas olish a’zolarining tuzilishi va funksiyasini chog'ishtirishi, to'plangan ma’lumotlar asosida xulosa yasab, fikrini dalillashi lozim. Savolning bu tarzda muammoli qo'yilishi o'quvchilarda tahliliy va mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini egallashga imkon beradi. Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq:
— muayyan mavzuga oid o'quv materialini muammolashtirish;
— muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;
— ta ’lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish;
— o'qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samaraii foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
— muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o'quvchilarga bayon etish. Muammoli vaziyatlardan o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O'qitish jarayoniga muammoli darslarni qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalami hal qilishi:
— o'quv dasturi bo'yicha qaysi mavzulami muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini belgilashi;
— mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlami aniqlashi, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik tamoyillariga amal qilishi;
— o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullami aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samaraii foydalanish yo'llarini belgilashi zarur. Muammoli darslarda o'qituvchining faoliyati, awalo, mavzu m azmunidan kelib chiqqan holda o'quv muammolarini aniqlash, muammoli .vaziyatlar tizimini yaratish, o'quvchilar oldiga o'quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo'yish va darsda mazkur o'quv muammolaridan samaraii foydalanishga erishish, o'quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo'naltirishdan iborat bo'ladi. O'quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlami ilgari surish, taxminlami ilmiy va mantiqiy nuqtayi nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo'ladi. Hozirgi zamon muammoli darslaming didaktik maqsadi:
— o'quvchilarning awal o'zlashtirgan bilimlarini muammoni hal etishda ijodiy qo'llab, yangi bilimlarni egallash ko'nikmalari;
— bilimlarni ijodiy o'zlashtirish va amalda qo'llash malakalari;
— izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirishdan iborat. Muammoli ta’lim texnologiyalari o'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarining shakllanishiga imkon yaratadi.

Download 341,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 341,49 Kb.