I.BOB.HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASI




Download 341,49 Kb.
bet3/14
Sana14.05.2024
Hajmi341,49 Kb.
#232216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BIOLOGIYANI O`QITISHDA HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI

I.BOB.HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASI
1.1.Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g'oyasi.
1-modul. Hamkorlikda 0‘qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori J.Aronson (1978), Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish asosan, o'quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o ‘qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko‘proq o'quvchilar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g'oyalar bir-birini to'ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
2-modul. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi didaktikada 1970- yillarda paydobo'lgan. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G'arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qo'llanila boshlagan. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganishdir. Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi.Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. O'qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni:
- hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib qaysi mavzulami o'rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;
- ushbu mavzu bo'yicha o'quvchilarga tavsiya etiladigan o'quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko'rsatm alarni tayyorlashi;
— hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanib o'tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi;
— o'tilgan va yangi mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki,o'quvchilar o'z sheriklari bilan hamkorlikda o'quv topshiriqlami to'g'ri bajarishlari barobarida guruh a’zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o'rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi.Shunday qilib, guruh a’zolari bir vaqtning o'zida ikkita topshiriqni bajaradi:
1. Akademik topshiriq — bilish va ijodiy izlanish orqali o'quv topshiriqlaridan ko'zlangan maqsadga erishish;
2. Ijtimoiy-psixologik topshiriq — dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo'lish, odob osoyishtaligini saqlash;
O'qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. O'qituvchi biologiya ta’limi jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko'nikma va malakalami, o'quvchilarning mustaqil ishlari, o'quv bahsi va munozaralami samaraii tashkil etish yo'llarini egallagan, o'quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlami asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko'nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelganbo'lishi lozim. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:
Komandada o'qitish (R. Slavin) da o'quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalami o'zlashtirishiga e’tibomi qaratadi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R. Slavinning ta’kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlami hamkorlikda bajarish bo'yicha ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom m a’nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni birbiri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi aw al qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalami puxta o’zlashtirishga intiladi.

Download 341,49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 341,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB.HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASI

Download 341,49 Kb.