• 6. Olimlaming fikrlari asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish
  • Ajablanarli faktlarni bayon etish orqali mustaqil fikr yuritishni vujudga keltirish




    Download 341,49 Kb.
    bet9/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi341,49 Kb.
    #232216
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    BIOLOGIYANI O`QITISHDA HAMKORLIKDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI

    5. Ajablanarli faktlarni bayon etish orqali mustaqil fikr yuritishni vujudga keltirish. «Odam va uning salomatligi»ni o'qitishda, «Immunitet» mavzusini o'rganishda o'qituvchi tomonidan quyidagi faktni bayon etilishi o'quvchilami mustaqil fikr yuritish, o'zlashtirgan bilimlari asosida hayotiy tajribalarga ega bo'lishiga zamin tayyorlaydi.
    • O'tgan asrda Atlantika okeani orollarining biriga Yevropadan chechak yuqtirgan kishi kelishi natijasida chechak epidemiyasi tarqalgan. Orolda yashovchi 7 ming kishidan faqat, oltmish besh yil avval shu kasallik bilan og'rigan 98 nafar qariya omon qolgan. Ushbu fakt yuzasidan fikr bildiring.
    • 1967- yili yosh jarroh Kristian Barnard birinchi bo'lib, yurakni bemorga ko'chirib o'tkazgan. Jarohlik amaliyoti juda mohirlik va steril holatda o'tkazilganligiga qaramasdan, bemorning hayotini saqlab qolish imkoniyati bo'lmagan. Aytingchi, xirurg Kristian Barnard nimada xatoga yo'l qo'ygan?
    • Quyida keltirilayotgan ikkita faktning bir-biri bilan uzviy bog'liqligini isbotlang. O'rmonda yirtqich qushlarning yo'qotilishi boshqa qushlar sonining ortishiga olib keldi. Keyinchalik mazkur qushlar soni keskin kamayib ketgan. Ushbu holatning sababini izohlang.
    6. Olimlaming fikrlari asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish:
    • Taniqli geograf va sayohatchi A.Gumboldt «Odamga o'rmon hamrohlik qiladi, cho'l kuzatib qo'yadi», degan fikrni aytgan. Olimning bu fikrini izohlang.
    7. Bitta fakt yuzasidan qarama-qarshi fikr bildirish orqali muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish. Ushbu usulda o'qituvchi o'rganilayotgan jarayon yuzasidan qaramaqarshi faktlarni bayon etish orqali o'quvchilami mustaqil fikr yuritishga undaydi. Masalan, quyidagi faktlar yuzasidan o'z fikringizni bayon eting. Ma’lumki, odam jismoniy ish bajarganda arterial qon bosim muayyan darajada ortadi.
    1-o'quvchi: «Odam jismoniy ish bajargan muskullar tom onidan ajratilgan modda qon tomirlarning torayishiga olib keladi. Shu sababli qon bosim ortadi».
    2-o'quvchi: «Odam jismoniy ish bajarganda bosh miya muskullarga signal yuboradi va ular muayyan ish bajaradi. Shu bilan birgalikda ushbu signal qon tomirlarga ham boradi, ular qisqarishi natijasida qon bosim ortadi». Ushbu bahsda qaysi o'quvchining fikri haqiqatga yaqinligini aniqlang. Biologiya o'qituvchisi o'rganiladigan mavzuning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan usullardan o'z o'rnida foydalanishi o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish, hayotiy tajribalami egallash, o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo'llash orqali bilim olish usullarini egallashni nazarda tutgan holda ta ’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
    Muammmoli dars («Aqliy hujum») quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi.

    Download 341,49 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 341,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajablanarli faktlarni bayon etish orqali mustaqil fikr yuritishni vujudga keltirish

    Download 341,49 Kb.