ko’paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini
bozorda mavjud xolatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak.
Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va huquqiy shaxslar
boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul qiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati
faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini
qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon
yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan
qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa
shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va
boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-
psixologik, huquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy
kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat
qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati
yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan.
Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan soliq to’laydilar.
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga
oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to’liq javob beradi.