Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarni
inkor etib, ular ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiriladi.
4.
ijtimoiy borliqning ijtimoiy ongdan birlamchi ekanligini belgilovchi qonun
mehnat jamoasi, alohida mehnatkash hayotining birlamchi ekanligini ko’rsatdi.
Boshqaruvni umumlashtirish zarur bo’lgan ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlarni
aniqlashda bu qonun amal qilishini hisobga olmay amalga oshirib bo’lmaydi.
5.
Ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan
belgilovchi ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatga ega.
Aynan boshqaruv vositasida ishlab chiqarishning ikki tomoni ishlab chiqaruvchi
kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar aloqasi yuz beradi.
Falsafaning
yuqorida sanab o’tilgan va boshqa
qonunlari menejment
metodologiyasi asosini tashkil etadi. Ular menejmentda markaziy kategoriyalar bo’lib,
uning konsepsiyasi birligini mustahkamlash, barcha kategoriyalar o’rtasidagi bog’liqlikni
aniqlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar yetakchilik qiladi. Insonlar
mehnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqarish tizimi maqsadlarni aniq
belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, ular erishilgan natijalariga baho berish,
iqtisodiy samaradorligida aks etuvchi iqtisodiy qonunlar talablari aniq hisobga olish
lozim.