keltirmay eng yaxshi natijaga ega bo’lib bo’lmaydi, chunki barcha tovar ishlab
chiqaruvchilarning daromadi oshishi tartibini o’rnatib bo’lmaydi.
6.
Iste’molchi nuqtai nazaridan eng so’nggi naflilik qonuni. Naflik - tovar va
xizmatlar iste’molidan qoniqishni bildiradi. Umumiy naflilik ma’lum tovar va
xizmat birligidan qoniqishni bildiradi; so’nggi naflik - shu tovar va xizmatning
yana sotib olishdan qoniqishni bildiradi.
Shunday qilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iqtisodiy
qonunlardan foydalanish imkoniyatlari har tomonlama kengayib boradi.
3.
Menejmentning asosiy tamoyillari.
Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy qoidasi, yetakchi g’oyadir. Ilmiy
adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda
asoslaniladigan asosiy qoida, yo’l-yo’riq, xulq me’yorlari tushuniladi. Boshqaruv
tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog’liq xodisalar
mohiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
qonunlar —tamoyillar
usullar
uslublar.
Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim.
Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:
1.
Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik
tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona
rahbar buyruqlariga qat’iy bo’ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi
bo’g’in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga
oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy
belgilab qo’yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar
oshkaraligi bilan qo’shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs
irodasigaso’zsiz bo’ysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik
har bir kishiga o’z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.