Qayd qilingan tamoyillar qatorida boshqarish quyidagi usullarga ham tayanadi:
“To’rt maqsad” usuli:
•
boshqaruv tartib qoidasi;
•
iqtisodiy ishlab chiqarish;
•
“nou-xau ”;
•
ijtimoiy himoya.
Shu to’rt maqsadga oid miqdoriy ko’rsatkichlar belgilanib, hamma resurslar shu
maqsadga erishishga yo’naltiriladi.
“7-s” tamoyili. Korxona (firma) o’z oldiga qo’ygan iqtisodiy natijaga erishish
uchun quyidagi yo’nalishlarda ish olib borishni nazarda tutadi:
•
strategiya;
•
struktura;
•
tizim;
•
xodimlar tarkibi;
•
boshqaruv qoidasi;
•
boshqaruv mahorati;
•
yakuniy natijalar.
Buning uchun, eng avvalo iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishni, ularga
erishish uchun lozim darajadagi ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish, resurslar bilan
ta’minlash, xodimlarni tanlash, o’qitish, boshqaruvda eng samarali usul va tajribalarni
qo’llash lozim bo’ladi.
“Kaban” usuli yaponlarga tegishli bo’lib, boshqaruv ilmi tarixida eng samarali
hisoblanadi. U ishlab chiqarishning uzluksiz harakatini ta’minlovchi boshqaruv tizimi
sifatida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, iste’molchilarga yetkazib berishni
ta’minlaydi. Shu bilan birga:
•