1.
Menejment qonunlari.
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va
asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya
yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqyelik xaqida ob’yektiv bilimlarni o’rganish
va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.
Qonun - falsafiy kategoriya bo’lib, borliq voqyealarning barqaror, takrorlanuvchan
aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining aniq tartibda bo’lishiga olib keluvchi
tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob’yektiv yo’nalishlarini
aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni
boshqarish qonunlarni bilash, ularni amalda ustalik bilan qo’llay olishga asoslanishi
kerak.
Umumiy falsafiy qonunlar materiya, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab,
oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya
qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimt,
ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) foydalanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa,
mehnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy
qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shu sababli boshqaruv qonunlarini o’rganishda faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv
jarayonida ongli ravishda qo’llanilishni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv
qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko’p jixatdan ularni o’rganish bilan bog’liq.
Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda to’g’ri foydalanish imkoniyatlari
ortadi.
Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash
uchun kafolat bo’lolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi
foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z vaqtida
va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal
qiluvchi omildir.
■
mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo’lish
xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur va har tomonlama bilish;
■
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini belgilash va ularni hal etish
yo’llarini aniqlash;
■
xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos
shakl va uslublarini qo’llash.
2.