|
etadi.
Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarniBog'liq \'текст лекцииetadi.
Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
muammolarini o‘rganadi.
Ta’lim menejmenti - ta’limmuassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish
hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogika - shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy me’yordan og‘ishishning pedagogik
diagnostikasi, korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish
masalalarini tadqiq etadi.
Oila pedagogikasi - oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar
asosida tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini o‘rganadi.
Xalq pedagogikasi - xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar o‘ yinlari, o‘
yinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar
majmuidir.
Qiyosiy pedagogika - qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy
davrlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va
qonuniyatlarini o‘rganadigan pedagogik fan sohasi.
Pedagogik innovatika - pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini
o‘rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o‘zaro
aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pedagogik aksiologiya ta’lim oluvchi va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy
qadriyatlarni o‘rganish hamda ta’lim- tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat
qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
|
| |