|
sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarniBog'liq \'текст лекцииsharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni
tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini
rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda yuqoridagi vazifalarni bajarishga e’tibor
qaratiladi (2-rasm).
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch
tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida
e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya
samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-
riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka,
kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.
3-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har
tomonlama o‘ stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim - o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish,
kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi
|
| |