|
Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasiBog'liq \'текст лекции3. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Shaxs kamolotini
ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli
yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini
inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil
etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:
Umumiy pedagogika - pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.
Pedagogika nazariyasi - pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari
hamda tasniflashga oid masalalarni o‘rganadi.
Pedagogika tarixi - pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy
xususiyatlari, o‘ziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi.
Pedagogik mahorat - o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi,
pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq
texnikasini egallash yo‘llarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim
berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni
tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘ liq muammolarni o‘ rganadi.
Metodika - xususiy fanlarni o‘qitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq
|
| |