borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui




Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana11.06.2024
Hajmi0,77 Mb.
#262437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
\'текст лекции

borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay 
olish qobiliyati.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan 
ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllantirish - shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida 
tarkib toptirish jarayoni.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat 
o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
2. Pedagogika fanining paydo boʻlishi va rivojlanishi.
Pedagogikaning fan sifatida 
shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo‘lib, u turli fanlar bilan qadim-qadim 
zamonlardan boshlab bog‘liqlikda rivojlanib kelgan. Alloh yeru osmonni, butun borliqni inson 
tufayli yaratib, unga aql gavharini, tafakkur qilish qobiliyatini berdi va yer yuziga xalifa etib 
yubordi. O‘zining mavjudligi har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini, mehru muruvvatda 
beqiyosligini bildirdi. Islomda ilm berishda bir-biriga boo‘liq bo‘lgan din va dunyo haqida 
tushuncha mavjud, ular alohida tushuncha emasligi isbotlangan. Dunyoviy deb ataladigan 
ilmlarning barchasi O‘ur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liq va uyg‘undir. Chunki islomiy 
hidoyatning butun insoniyatga qarata aytilgan ilk xitobi “o‘qi” so‘zi edi. Ya’ni, ilk bor nozil 
bo‘lgan “Alaq’ surasida “Yaratgan zot bo‘lmish Robbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni lahta 
qondin yaratdi. O‘qing!” Demak, O‘ur’on insoniyatni ma’rifatga, ilmga chorlab, o‘rganmoq uchun 
o‘qishni amr etmoqda. Shuni ta’kidlamoq kerakki, pedagogika fanining metdologik asosi diniy va 
dunyoviy fanlar tarkibida rivojlanib kelgan. Qur’onda “Ilm” so‘zi turli xillarda 765 marta 
takrorlanadi. O‘arb faylasuf olimlari ham islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar. 
Islom ta’limoti barcha fanlarning asosiy negizidir. Fransuz faylasufi Jak Konderse 
“Tafakkur taraqqiyotining tarixiy manzarasi chizgilari” nomli asarida “O‘rta asrlar musulmon 
olamida to‘plangan ilmiy bilimlar G‘arbda Uyg‘onish davrini tayyorlashga xizmat qilmaganida 
insoniyat besamar yo‘qolib ketar edi”, deb yozganligi so‘zimiz dalilidir. 
Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Aristotel, Platonlar o‘oyaga asoslangan o‘zlari-ning inson 
kamoloti va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan. Aristotel “Iskandarga qilgan 
nasihati” da insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli, ilmli bo‘lishligini alohida 
ta’kidlagan edi, ya’ni: 
“Taqvodorlik iymon vositasida kamol topadi. Iymon esa fikru andisha soyasida hosil 
bo‘ladi”, degan edi. 
Mashhur fizik Enshteyn shunday degan: 
"Allohga bo‘lgan iymon ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir". 
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois 
tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. 
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar 
manfatlarini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar 
yetakchi o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, 
Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu 
maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish 
va targ'ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko‘zga tashlangan 
bo‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin 


chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. 
Insoniyat tarixidan mustahkam o‘rin olgan Sharq Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan 
feodal tuzumi — o‘rta asrlar davrida sodir boidi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, 
G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan 
har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va burjuaziya davri 
yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va 
puxta asoslab berildi.
 
Ma’lum davrga kelib pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan 
asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan mutafakkirlar: 
G'arbda — Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, 
A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, 
A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta'lim berish va uni 
tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika 
yangiliklarini tatbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish 
kabi g'oyalarni ilgari surdilar. 

Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui

Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish