|
Tashkiliy madaniyatning asosiy maqsadi
|
bet | 6/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 443 Kb. | | #252835 |
Bog'liq 2-Mavzu (Tashkiliy muhit va madaniyat)Tashkiliy madaniyatning asosiy maqsadi - bu xodimlarning eng samarali
ishlashini ta’minlash, bajarilgan ishdan qoniqish olish. Begona madaniy muhitda
bo'lgan odam etarli darajada samarali ishlamaydi, uning faoliyati cheklangan va
chegaralangan bo’ladi. Agar uning qadriyati tashkilot madaniyatiga mos keladigan
bo'lsa, xodim umumiy maqsadda ishtirokini his qiladi va to'liq fidoyilik bilan
ishlashga harakat qiladi.
Shunday qilib, tashkilot madaniyatini shakllantirish murakkab jarayon bo'lib,
ko’p vaqt va menejerlarning yuqori professionalligini talab qiladi. Aslida, tashkilot
madaniyatining shakllanishi tashkilotning barcha xodimlariga umumiy qadriyatlarni
"singdirishni" nazarda tutadi. Bu muammoni hal qilishdagi muvaffaqiyat, rahbariyat
e'lon qilgan tashkiliy qadriyatlar xodimlarning shahsiy qadriyat yo'nalishlariga
qanchalik mos kelishiga bog'liq. Agar xodimlar va tashkilot rahbariyatining qadiryat
yo'nalishlari bir-biriga mos kelmasa, bu turli xil nizolarga, umidsizlikka olib keladi,
bu esa tashkilot faoliyati natijalarining pasayishini keltirib chiqaradi.
Tashkilotning tashkiliy madaniyatini shakillantirish korxonaning ishlashi va
samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega. Kuchli ichki madaniyatga ega
bo'lgan tashkilot tashqi muhitdan kelgan signallarga e'tibor bermaydi. Tashqi muhit
sharoitlari va chki talablar doimiy ravishda o’zgarib boradi, shuning uchun
kompaniya doimo yangi maqsadlar va qadriyatlarni shakllantirib borishi kerak.
Savol va topshiriqlar
1. Korxonaning ichki muhitiga qanday omillar kiradi?
2. Korxonaning tashqi muhitiga qanday omillar kiradi?
3. Tashkiliy madaniyat nima?
4. Tashkiliy madaniyatning asosiy maqsadi nima?
|
| |