2
1. О„zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Davlat ramzlari haqida sо‗z ketganda, avvalo, uning tushunchasini
aniqlashtirish lozim. Umuman, ―davlat ramzlari‖ tushunchasi huquqiy
adabiyotlarda turlicha ta‘riflanadi. Masalan, yuridik lug‗atlarda quyidagicha ta‘rif
berilgan: ―Davlat ramzlari – konstitusiya yoki alohida qonun bilan
mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, о‗ziga xosligini
ifodalovchi, ba‘zan,
shuningdek, ma‘lum bir g‗oyaviy ma‘noni ifodalaydigan
belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog‗i, davlat gerbi, davlat
madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig‗i shtandarti, davlat muhri,
davlat shiori
kiradi. Ba‘zida ayrim konstitusiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham
qо‗shadilar‖ (
Qarang: Simvoli gosudarstvenniye // Bolshoy yuridicheskiy slovar / Pod red. A.Y. Suxareva, V.
D. Zorkina, V. YE. Krutskix. – Moskva, 1999. – 623-624-b.
). Shuningdek, mamlakatimizda 1998
yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug‗atda ―Davlat ramzlari – davlat
mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir,
bular muayyan davlatning bayrog‗i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular
mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini,
iqtisodiy asoslarini va
boshqa muhim belgilarini anglatadi,‖ - deb ta‘riflanadi (
Qarang: Davlat ramzlari //
Mustaqillik ilmiy-ommabop lug‗at. –T.: 1998. – 45 b.
).
Har qanday mustaqil davlat singari О‗zbekiston Respublikasi ham о‗z oliy
davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitusiyaning 5-
moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog‗i, Gerbi va Madhiyasiga
ega. Davlat ramzlarining mavjudligi О‗zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol
tasdiqlaydi.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i, gerbi va madhiyasining ishlab
chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog‗i,
gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan konstitusiyaviy komissiya tuzilib,
uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq muhokamasidan о‗tkazildi.
Bunda, ayniqsa, Prezident I.A. Karimovning umumxalq muhokamasi davomida
tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog‗idagi uchta asosiy ranglarni –
moviy, oq va yashil yо‗llarni о‗z qо‗li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini
va bu О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining
qabul qilinishida asos
bо‗lganligini ta‘kidlash joiz. О‗zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bо‗lib,
ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan
faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir. Zero,
davlat ramzlarini har qanday yо‗l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini
pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan.
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan о‗rni va ahamiyatini tо‗laroq
tushunib olish uchun, avvalo,
ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib
olish kerak. Davlat ramzlari orasida Davlat bayrog‗i salmoqli о‗rin tutadi. Chunki
u kо‗zga yaqqol tashlanib, boshqa ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va
boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Davlat bayrog‗i – tasviri qonun
tomonidan (kо‗pincha Konstitusiya bilan) о‗rnatiladigan, biror davlatni boshqa
davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti
3
ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari
о‗zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi.
Ular qonun bilan
belgilanadi va ma‘lum ramziy ahamiyatga ega bо‗ladi.
Davlat bayrog‗i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat
muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi
idoralarning binosida kо‗tariladi. Elchixonalar, missiyalar,
konsulliklar milliy
bayramlari kuni о‗z davlatining bayrog‗ini osib qо‗yadilar. Davlat bayroqlari,
shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar
vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham
kо‗tariladi.
Davlatimiz bayrog‗i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining
ramziy belgisidir. Mustaqil ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i 1991
yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan.
Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010 yillarda qator qо‗shimcha va
о‗zgartishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i ramzi mamlakatimiz hududida
ilgari mavjud bo‗lgan g‗oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‗lgan eng
yaxshi an‘analarni davom ettirgan holda respublika
tabiatiga xos xususiyatlarni,
xalqimizning milliy va madaniy o‗zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi
moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir.
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang
Sharqda azaldan qadrlanadi, o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog‗iga bu
rangni tanlagan.
Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida
baland dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog‗imizdagi oq rang yo‗limizning
musaffo va charog‗on bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.