• O„g„itlash.
  • Zararkunandalarga qarshi kurashish
  • Hosilni yig„ish.
  • Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet249/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh. Raps uchun o„tmishdosh: toza va 
    band shudgor, bir yillik o„tlar, silosbop ekinlar, don ekinlari. Bir marta ekilgan 
    yerga 3-4 yildan keyin kayta ekilishi mumkin. Rapsni qand lavlagi bilan almashlab 
    ekish mumkin emas, chunki nematoda ko„payadi.
    O„g„itlash. Raps ozuqaga talabchan-1 t urug„ yetishtirish uchun 50-60 kg 
    azot, 25-35 kg fosfor, 40-60 kg kaliy, 40-70 kg kalsiy, 14-22 kg magniy, 40 kg 
    oltingugurt talab etadi.
    Yerga ishlov berish. yer yuzi tekis bo„lishi talab qilinadi, chunki urug„i 
    mayda. Yerni tayyorlash kuzgi don ekinlariga o„xshash bo„ladi.


    363 
    Ekish. Ekish usuli-yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab, qator orasi 30, 45, 
    60 sm bo„ladi. Bir gektarga 1,1-1,5 mln. dona urug„ kuzda ekiladi, eng maqbul tup 
    soni-bir kvadrat metrda 80-120 ta o„simlik bo„lsa maqsadga muvofiqdir, bahorda 
    esa 60-100 ta, ekish chuqurligi 2-3 sm, kuzgi don ekinlaridan bir hafta oldin 
    ekiladi.
    Ekilgandan keyin mola bostiriladi. O„simlikda 4-5 ta chinbarg rivojlanganda 
    boronalanadi. Keng qatorlab ekilganda birinchi kultivatsiya ikkita chinbarg 
    rivojlanganda o„tkaziladi. Sovuq boshlanguncha yana bir kultivatsiya o„tkaziladi. 
    Bahorda yoppasiga qatorlab ekilgan ekinzorda borona qilinadi, keng qatorlab 
    ekilganda kultivatsiya qilinadi.
    Zararkunandalarga qarshi kurashish. Zararkunandalarga qarshi kurash 
    maqsadida ekishdan oldin urug„ dorilanadi (TMTD, 80%, 5-6 kg/t). O„suv davrida 
    hasharotlarga qarshi aktellik 50% (0,5 l/ga), karbofos 50% (0,6-0,8 l/ga), 
    sumitsidin 20% (0,3 l/ga) bilan ishlov beriladi.
    Hosilni yig„ish. Rapsning etilishi har xil vaqtda kuzatiladi. Hosil bir yoki 
    ikki bosqichli usulda don kombayni yordamida yig„iladi. Yetilganda mevasi och 
    jigar rang, urug„i to„q jigar rang yoki qora rangli bo„ladi. Saqlanadigan urug„ning 
    namligi 8% dan oshmasligi talab qilinadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish