• Parvarishlash
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet245/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yerni ekishga tayyorlash. Zig„ir ekiladigan dalalarda ekishga tayyorgarlik 
    o„tmishdosh o„simliklarni qoldiqlarini, ko„p yillik begona o„tlarni ildizlaridan 
    tozalash bilan boshlanadi. Shudgordan oldin g„alla ekilgan maydonlarda 5-6 sm, 
    ko„p yillik begona o„tlar ildizlarini 10-12 sm chuqurlikda chizel borona o„tkazilib, 
    tuproq qatlamini qirqib, o„simlik qoldiqlari yig„ib chiqiladi va dala chetlarida 
    yoqib yuboriladi. Kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Kuzgi shudgor 
    qilingan yerlardan bahorda shudgor qilingan erlarga nisbatan 15-18% yuqori hosil 
    olinadi. Tabiiy namlik zahirasini yaratish ya‟ni, qor va yomg„ir suvlarini saqlash 
    maqsadida tog„li hududlarda kuzgi shudgor suv yo„liga ko„ndalang holatda amalga 
    oshiriladi. Erta bahorgi ishlar namlikni saqlash va begona o„tlarni yo„qotish uchun 
    boronalash bilan boshlanadi. Oradan 2-3 kun o„tkazib, tuproqning yuza qatlami 


    359 
    qurigandan sung, zig„ir ekiladigan maydon engil chizel borona 8-10 sm 
    chuqurlikda yumshatiladi, mola bosiladi va urug„lar ekiladi.
    Ekish. Urug„lik zig„ir yirik, begona o„tlar urug„laridan toza, namligi 10-
    12%, unuvchanligi 90-95% dan kam bo„lmasligi zarur. Ekishdan 2-3 kun oldin 
    zamburug„ kasalliklariga qarshi dorilanadi. Ekish uchun 1 va 2 sinf urug„laridan 
    foydalaniladi. Fevral oyining ikkinchi, mart oyining birinchi o„n kunligida oddiy 
    g„alla ekishda foydalaniladigan seyalkalarda yoppasiga qatorlab ekiladi.
    Lalmi yerlarning tog„oldi mintaqasida gektariga 20-22 kg, tog„li mintaqada 
    esa 25-30 kg/ga dan ekiladi. Bu miqdor taxminan 4-6 mln. donaga to„g„ri keladi. 
    Ekish chuqurligi 3-4 sm bo„lib, bahor quruq kelganda, engil mexanik tarkibli 
    tuproqlarda ekish chuqurligi 4-5 sm ga oshiriladi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, 
    urug„lar ekilganda 11-12% gacha unib chiqmaydi. Shuning hisobiga ekiladigan 
    urug„lik miqdorini 15-20% oshirish tavsiya yetiladi. 
    Parvarishlash. Zig„ir poyasi o„suv davrining dastlabki onlarida juda sekin 
    o„sishi sababli, o„simlik balandligi 8-10 sm bo„lganda birinchi chopiq ishlari 
    amalga oshiriladi. Ikkinchi va uchunchi chopiq ishlari ekin maydonining umumiy 
    xolatiga qarab belgilanadi. Oxirgi chopiq o„simlikning shonalash davri 
    boshlanishida o„tkaziladi. 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish