2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
7.6. MOYLI ZIG„IR 
Ahamiyati. Zig„ir xalq xo„jaligida ishlatilishiga ko„ra ikki: moyli va tolali 
zig„irlar guruhiga ajratiladi. Moyli zig„ir urug„i tarkibida 32-45% tez quruvchi (yod 
miqdori 165-192) moy bo„lib, qurilish sanoatida u ayniqsa, lak-buyoq sanoatida 
qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Zig„ir moyi: alifmoy, bosmaxona buyoqlari, 
sovun, tipografiya uchun kraska ishlab chiqishda, oziq-ovqatda ishlatiladi. 
Shuningdek, teri-poyafzal, qog„oz, porfyumeriya, rezina, meditsina, elektrotexnika


355 
va oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Zig„ir kunjarasi mollar, ayniqsa, yosh 
mollar uchun qimmatli va to„yimli oziq hisoblanadi.
Zig„irning qayta ishlash jarayonida ajratib olinadigan kunjarasi va shroti 
tarkibi oqsilga boy bo„lib, chorva mollari uchun to„yimli ozuqa hisoblanadi. Zig„ir 
kunjarasining tarkibida 30-36% gacha oqsil, 8,6% gacha moy va boshqa ozuqalar 
bor. 100 kilogramm kunjara 115 ozuqa birligiga, 28,5 kilogramm yengil hazm 
bo„luvchi oqsilga ega. 100 kilogramm shrot esa 103 ozuqa birligiga ega. Zig„irdan 
olingan kunjara va shrot boshqa ekin turlaridan olingan shu mahsulotlarga 
nisbatan oqsilga boy hisoblanadi.
Moyli zig„irdan ya‟ni, poyasi baland bo„yli (mejeumka) nav va 
namunalaridan tola ishlab chiqarish ham mumkin. Tola chiqish bu nav va 
namunalarda 3-13% ni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda shohlangan, tola 
ishlab chiqarishga yaroqsiz zig„ir poyalaridan sanoatda yuqori sifatli yozuv 
qog„ozlari ishlab chiqariladi.  
Tarixi. Zig„irning vatani Janubi-G„arbiy va Sharqiy Osiyo. Markaziy 
Osiyoda jumladan, O„zbekistonda zig„ir eng qadimiy moy beruvchi o„simlik 
hisoblanadi. Марказий Осиѐда zig„ir - yog„ ishlab chiqarish uchun lalmi, tog„oldi 
va shartli sug„oriladigan maydondarda yetishtirilib kelingan va kelinmoqda. 
So„nggi yillarda O„zbekistonning lalmi yerlarida 4,5 ming gektarga ekilgan
o„rtacha hosil 4,5-5,0 s/ga etgan. Lalmi yerlarda 5-6 s/ga, suvli yerlarda 10-15 s/ga 
urug„ olinadi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish