2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Sug„orish. Yeryong„oq asosiy ekin sifatida ekilganda bahorda tuproq 
namiga undirib olinadi. Ayrim xollarda bahor quruq kelib, tuproq namligi yetarli 
bo„lmasa pushtalar qator oralatib, qondirib sug„oriladi. Biroq pushtani suv 
bosishiga yo„l qo„ymaslik muhim ahamiyatga ega. Yeryong„oq o„simligini 
yetishtirishda undan mo„l hosil olishning asosiy omillaridan biri ekinning suvga 
bo„lgan talabiga qarab uni suv bilan yetarli darajada ta‟minlashdir.
Yeryong„oq o„simligini suv bilan yetarli darajada ta‟minlanmaganda unda 
bo„ladigan fiziologik jarayonlar buziladi. Natijada o„simlikning o„sishi va 
rivojlanishi sekinlashib, hosildorlik kamayadi. Agarda suv bilan ta‟minlash 
muddatidan oldin va keragidan ortiqcha bo„lgan taqdirda ham o„simlik barglari 
sarg„ayib, meva tugish jarayoni kechikadi, natijada hosildorlikka salbiy ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Yeryong„oq o„simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun sug„orish 
miqdorini va uning muddatlarini to„g„ri belgilashning ahamiyati kattadir. Ko„p 
xollarda dehqonlar yer yong„oqning sug„orish muddatlarini uning xolatiga qarab 


351 
yoki kalendar kunlarga qarab belgilashadi. Natija esa, o„simliklardan olinadigan 
hosil sifatining yomonlashuviga olib keladi. 
Sug„orish muddatlarini belgilashda eng aniq va to„g„ri usul tuproq namligi 
cheklangan dala nam sig„imiga nisbatan (ChDNS) belgilashdir. 
Sug„orish tartibi va muddatlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab belgilanadi. 
Sizot suvlari yaqin joylashgan o„tloqi allyuvial tuproq sharoitida 4 martagacha, 
sug„orish me‟yori 600-700 m
3
/ga, sizot suvlari chuqur joylashgan tipik bo„z tuproq 
sharoitida 6-7 marta, sug„orish me‟yori 800-900 m
3
/ga, yengil qumoq tuproq 
sharoitida 7-8 marta, sug„orish me‟yori 700-800 m
3
/ ga. Sug„orish tartibi 
tuproqning dala nam sig„imiga (ChDNS) nisbatan 70-70-65% bo„lishi lozim. 
Yuqorida tavsiya etilgan sug„orishdan oldingi tuproqning dala nam sig„imidan 
yuqori yoki past bo„lishi va sug„orish me‟yorining ko„p yoki kam bo„lishi 
hosildorlikka putur yetkazadi. Mexanik tarkibi og„ir bo„lgan tuproqlarda 
yeryong„oq yetishtirilganda o„suv davrining oxirgi bosqichlarida suvning 
me‟yoridan ortiq bo„lishi yetilib kelayotgan yong„oqlarning qorayib ketishiga 
sabab bo„ladi. Ko„p xollarda esa, bu hosilning 80-90 foizini is‟temolga yaroqsiz 
holatga olib keladi. 
Sug„orish ishlarini sifatli olib borish va ularning samaradorligini oshirish 
uchun tavsiya etilgan sug„orish tartibiga qat‟iyan rioya qilish va suvdan to„g„ri 
foydalanish mo„l hosil olish garovidir. Bu o„z navbatida sug„orishga ketadigan sarf 
harajatlarni kamaytiradi va suvning iqtisod bo„lishga olib kelib, suvchilarning 
mehnatini yengillashtiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. Yeryong„oq 
dalasida oxirgi sug„orish ishlari kichik me‟yorda (tuproqning mexanik tarkibiga 
bog„liq xolda) hosil yig„im-terimidan 15-20 kun oldin amalga oshiriladi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish