• Sistematikasi .
  • Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh.
  • Hosilni yig„ish.
  • QORA ZIRA. Ahamiyati
  • Biologiyasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet252/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    ARPABODIYON. Ahamiyati. Mevasida 1,5-3,5% efir moyi bo„ladi, 
    tarkibida 80% gacha atsetol spirti bo„ladi. Moyi tabobatda, liker, spirt va 
    qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Urug„ida 16-20% texnik moyi ham bo„ladi, u 
    sovun qaynatishda qo„llanadi. Kunjarasi yuqori to„yimli ozuqa hisoblanadi. 
    Arpabodiyon asal beruvchi o„simlik.
    Sistematikasi. Arpabodiyon (anis) soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga, 
    Anisum vulgare Caertn avlodi va turiga mansub bo„lgan bir yillik o„simlik.
    Arpabodiyon keng tarqalgan o„simlik, 1000 ta mevasining vazni 3,5-4,0 g 
    bo„ladi. O„sish davri 120-130 kun, hosildorligi-bir gektardan 0,5-1,5 t urug„ 
    olingan.
    Yetishtirish texnologiyasi. O„tmishdosh. O„sish sharoitiga talabchan, tuproq 
    toza va unumdor bo„lishi kerak. Arpabodiyon uchun o„tmishdosh: toza va band 
    shudgor, bir yillik o„tlar, silosbop ekinlar, don ekinlari.
    Ekish. Erta bahorda yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab (45, 60 sm) 
    ekiladi. Yoppasiga qatorlab ekilganda gektariga 5 mln. dona urug„ ekiladi, keng 
    qatorlab ekilganda 2,5-3,0 ml. n dona ekiladi. Albatta o„toq qilinadi, bunda 
    kashnich aralashgan bo„lsa, u ham yo„q qilinadi.
    Hosilni yig„ish. Arpabodiyon bir tekisda yetilmaydi. Gulto„plamining o„rta 
    qismidagi mevalari yetilganda hosil yig„iladi. Saqlanadigan urug„ namligi 12% dan 
    yuqori bo„lmasligi talab qilinadi.


    366 
    QORA ZIRA. Ahamiyati. Mevaning tarkibida 4-7% moy bo„ladi. Uning 
    tarkibiga uglevod kiradi, u liker ishlab chiqarishda va parfyumeriyada qo„llanadi. 
    Bundan tashqari urugida 14-16% texnik moy bo„ladi. Urug„i ziravor sifatida 
    konserva ishlab chiqarishda va non yopishda qo„llanadi. Yaxshi asal beruvchi 
    o„simlik.
    SistematikasiQora zira soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga, Carum carvi 
    L. avlodiga mansub ikki yillik o„simlikdir. Birinchi yili o„q ildizi va barg dastasi 
    rivojlanadi, ikkinchi yili meva hosil qiladi. Gul to„plami soyabon, mevasida 2 ta 
    urug„ bo„ladi, 1000 ta mevasining vazni 2,3-2,5 g, mevaning tarkibida 4-7% moy 
    bo„ladi.
    Biologiyasi. Issiqlikka talabchan emas, sovuqqa chidamli. Birinchi yili barg 
    dastasi davrida qishlaydi, Namsevar va yorug„sevar o„simlik.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish