2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim




Download 203,58 Kb.
bet21/22
Sana21.11.2023
Hajmi203,58 Kb.
#102492
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o\'rrganilishi...kurs ishim

UMUMIY XULOSA


Ta’lim bosqichlarida olmosh so‘z turkumini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining, shuningdek, fan dasturi va darsliklarining tahlili natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:



    1. Olmosh so‘z turkumini o‘rganish o‘zbek tilini o‘qitishning muhim qismidir. Azal-azaldan tilshunoslar va metodist olimlar ta’lim jarayonida olmosh so‘z turkumini va uning mavzularini o‘rganishga doir qator ilmiy ishlar monografiyalar yaratishgan. Morfologiya bo‘limininig tarkibiy qismlari ta’limda qator murakkabliklar keltirib chiqayotgan ham bejiz emas. Olmoshning asosiy muammolaridan biri so‘zning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir.

    2. Tahlilga tortilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan va o‘quv va metodik qo‘llanmalarning mazmunidan ham shu narsa anglashildiki, zamonaviy pedagogik texnologiya asosida aynan “olmosh” so‘z turkumini o‘qitishga bag‘ishlangan ishlar yo‘q. Ammo aksariyat ishlarda bu bo‘lim mavzulari pedagogik texnolgiya haqida fikr yuritilgan o‘quv-metodik ishlarda va ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqot predmeti sifatida tatbiq etilgan.

    3. Umumta’lim maktablarining “Ona tili” o‘quv dasturidan o‘rin olgan “Olmosh” so‘z turkumi mavzulari va ular uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga bu bo‘lim yuzasidan yetarlicha bilim berishga, ularda shu mavzlar bo‘yich ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkon beradi. Mavzuga oid termin- tushunchalar, o‘qitilishi lozim bo‘lgan grammatik qoidalar, ulardagi uzviylik ilmiylik o‘quvchida bu so’z turkumi yuzasidan yetarlicha bilim olishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, bog‘lanishli nutqini shakllantirishga, ularning so‘z boyligini oshirishga, so‘z va uning ma’nolari ustida ishlash ko‘nikmalarini va sintaktik qurilmalar ustida ishlash qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan uzviy tizim sifatida bayon qilingan. Ammo o‘quv soatlarini biroz ko‘paytirilganda yaxshi bo’lardi. Chunki olmosh boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ancha murakkabroq mavzu deb o‘ylayman.

    4. Akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv dasturini umumta’lim maktablarining “Ona tili” o‘quv dasturining uzviy davomi deb aytish mumkin, chunki maktab dasturida olmosh haqida sof nazariy leksik bilimlar berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, akademik litseylarning bu o‘quv dasturida olmoshning uslubiy xususiyatlariga e’tibor berish ko‘zda tutilgan.

    5. Umumta’lim maktablarining “Ona tili” va akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv dasturlari darsliklari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” aks ettirilgan ta’limning uzviyligi va

uzluksizligi, nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorligi tamoyili talablariga mos tarzda yaratilgan. Faqat e’tiroz sifatida shuni aytish mumkinki,maktab darsligida faqatgina 7-sinf darsligida emas boshqa sinf darsligida ham kiritilishi, akademik litsey uchun yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida asosiy e’tibor olmoshning uslubiy xususiyatlariga va ularni mustahlash uchun berilgan mashq va topshiriqlar uchun tanlangan matnlarni esa hajm jihatidan biroz kichikroq hamda unda mavzuga aloqador termin-tushunchalarning nisbatan ko‘pligiga e’tiborni qaratish zarur.

    1. Darsni o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida avval mavzuni og‘zaki tarzda ozroq bayon qilib, har bir qoidaga alohida misollar berilib ketilsa va o‘quvchilardan ham misol so‘ralsa ma’ruzaning interfaol usulda o‘tilishi ta’minlanadi. Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarga murojaat qilish ularning diqqatini jamlashiga, nofaol tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Natijada, o‘quchilar olmoshga mustaqil misol topishlari ortidan mavzuni yaxshiroq o‘zlashtiradi, bevosita o‘zlari ishtirok etganlari uchun mavzu xotirada yaxshiroq saqlanib qoladi.

    2. O‘quvchilarga dars qay darajada tushunarli bo‘lganini bilib olish uchun shu mavzuga doir test,krossvord va har bir o‘quvchiga beriladigan individual savollardan foydalangan ma’qul. Mazkur mashqlar o‘quvchidan maxsus tayyorgarlik talab etmaydi, biroq yangi olingan ma’lumotni unga aloqador tushunchalar orqali xotirada faollashtirishadi. Berilgan topshiriqni bajarishi natijasida o‘quvchining nimalarni tushunganini bilib olish va zaif joylarini mustahkamlash mumkin.

    3. O‘quvchilarni baholash uchun esa,bir necha olmoshlar yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatib,ularni 5 daqiqa ichida kim tez ma’noviy turlarga ajratish vazifasini berish orqali amalga oshirsa bo‘ladi.Bu jarayonda birinchi bajargan beshtalikka ‘‘5’’ baho,ikkinchi beshtalikka ‘‘4’’baho,uchinchi beshtalikka esa ‘‘3’’ baho qo‘yiladi. Bu jarayon o‘quvchida musobaqalashish hissiyotini uyg‘otadi, qo‘yilgan vazifani bajarishga ishtiyoqini oshiradi.

    4. Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning muhim jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga fikrni mustaqil ifodalash, tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatadi.

    5. Olmosh so‘z turkumini amaliyot jarayonida ikkinchi kurs talabalariga o‘tish jarayonida shu narsa kuzatildiki,dars davomida ‘‘Muammoli vaziyat’’ ‘‘Blits-so‘rov’’ foydalanilsa ijobiy yaxshi natija berar ekan. Muammoli ta’lim texnologiyasi metodlarini darsda qo‘llash orqali o‘quvchilarning bir-biriga qarama- qarshi fikrlar bildirish qobiliyatini shakllantirish,muammolarga tez va oson yechim topa olish qobiliyatini shakllantiradi.

Download 203,58 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 203,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 sinf darslarida men,sen va ular olmoshlarining o'rrganilishi kurs ishim

Download 203,58 Kb.