2. Temirbeton ko‘priklarning zamonaviy konstruksiyalari. Ko‘p sathli temirbeton ko‘priklar konstruksiyalari




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.03.2024
Hajmi1.04 Mb.
#174389
1   2   3   4
Bog'liq
ymipdf
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
 
 
7.2-rasm. Yuk ko’taruvchi cho’yan-temir konstruksiyasi ko’priklarning elementlari ( 
a,b): 
1-cho’yan element, 2-temir element. 
Ayni vaqtda devori yaxlit bo’lgan yirik to’sinli ko’priklar qurish uchun birinchi 
marta urinib ko’rilgan 1850 yilda Buyuk Britaniyada oraliqlari 140 m dan va 70 m dan 
bo’lgan “Britaniya” quvursimon temir yo’l ko’prigi qurilgan (7.3-rasm). Ko’ndalang 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
15
kesimda bunday ko’prikning yuqori va pastki belbog’lari bo’lib, ko’prikning hamma 
eniga tarqalgan va chetlari bo’ylab yaxlit vertikal devorlar bilan ulangan. 
 
7.3-rasm. “Britaniya” ko’prigining umumiy ko’rinishi (a) va oraliq qurilmasining 
ko’ndalang kesimi (b) (1850yil) 
 
Ammo quvursimon oraliq qurilmalar, vazni kattaligi sababli nomaqbul bo’lib 
chiqdi va qo’shtavr kesimli asosiy to’sinlari bor ko’priklar tomonidan siqib chiqarildi. 
Oraliqlari katta bo’lgan holda qo’shtavr to’sinlar og’ir bo’lganligi uchun ularning 
o’rniga yaxlit fermalar qo’llandi.
XIX asrning 40- yillarida paydo bo’lgan birinchi metall fermalar o’sha paytdagi 
panjarasimon yog’och fermalarni eslatardi va ko’pincha, belbog’lar va ko’plab 
kashaklardan tashkil topgan ko’p panjarali sistemadan iborat bo’lgan. Panjarasimon 
fermali mashxur ko’prik 1853-1857- yilda rus muhandisi S.V. Kerbedz loyihasi 
bo’yicha Lugu daryosi ustida qurilgan. Bu ko’prik harakatlanish tepada tashkil qilingan 
oraliq qurilmalari bor ikkita temir yo’lga mo’ljallangan 55,3 m dan bo’lgan ikkita 
oraliqqa ega edi; oraliq qurilmalar ko’ndalang kesimda parallel belbog’lari bor ko’p 
panjarali sistemali to’rtta fermasi bo’lgan. Ko’prik salkam 84 yil xizmat qilgan va 
Ulug’ Vatan urushi davrida buzib yuborilgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmi Rossiyada panjarasimon fermalari bor bir qator yirik 
temiryo’l va avtomobil yo’llari metall ko’priklari bilan ajralib turadi. Bu davrda yetuk 
rus muhandislari va olimlari bilan bog’liq bo’lgan rus ko’priksozlik fani jadal 
shakllangan, jumladan: S.V. Kerbedz (1810-1891), D.I. Juravskiy (1821-1891), N.A. 
Belelyubskiy (1845-1922), F.S. Yasinskiy (1856-1899), L.O. Proskuryakov (1858-
1926) va boshqalar. 
XIX asrning 60-yillarida Rossiyada qurilgan ko’priklardan Moskvadagi Moskva 
shahri ustida qurilgan (1861), oraliqlari 42,7 m dan bo’lgan Borodinskiy ko’prigini 
hamda Varshava shahridagi Visla daryosi ustida qurilgan, ikki oraliqli uzluksiz 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
16
fermalari bor, 74, 68 m dan bo’lgan oltita oraliqli katta ko’prikni alohida ta’kidlash 
lozim. 
Yaxlit metall fermalarning keyingi rivojlanishida ko’prik quruvchilar fermalarning 
panjaralarini soddalashtirishga va eng ishonchli uzelli ulanmalarni ishlab chiqishga 
urindilar. Ko’prik fermalarining yangi, yanada maqbul sistema va konstruksiyalarini 
izlash bilan XIX asrning ikkinchi yarmida ko’plab rus va chet ellik olomlar 
shug’ullandilar. Yuk ko’taruvchi konstruksiyalarning eng maqbul shakllarini izlash 
bo’yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijasida belbog’lari parabolik, giperbolik, 
yarimparabolk kabi shakllarda bo’lgan fermalari bor ko’priklar qurildi. Shuningdek
panjaralari oddiy bo’lgan, sistemasi sharnir-sterjenli sxemalarga yaqin bo’lgan 
fermalarning yangi sxemalari ishlab chiqildi, parchin mixlangan uzellarning bikrligi 
sababli yuz beradigan qo’shimcha kuchlanishlar va boshqa masalalar tadqiq qilindi. 
Natijada keng tarqalgan ko’p fermali fermalar bora-bora ko’p kashakli, keyin esa 
yanada oddiyroq panjarali fermalarga o’rin bo’shatdi.
Ko’priklar qurilishi bo’yicha mamlakat fani va amaliyotiga atoqli rus muhandisi va 
olimi, professor N.A. Belelyubskiy katta hissa qo’shdi. XIX asrning 70-yillarida N.A. 
Belelyubskiy oktyabr temiryo’lida ilgari mavjud bo’lgan yog’och ko’priklarni 
almashtirish uchun metall ko’priklar loyihalarini taklif qildi.
XIX asr oxiriga kelib ko’p fermalari va ko’p kashakli fermalardan oddiyroq 
panjarali fermalarga o’tila boshlandi. 1880-1890-yillardayoq Rossiyaning qator shosse 
yo’llarida fermalarining panjaralari oddiy kashakli yoki uchburchak shaklda bo’lgan 
dastlabki ko’priklar qurildi. XIX asr oxirida shprengel panjarali fermalar paydo bo’ldi. 
Rossiyada bunday sistemali birinchi ko’prikni professor L.D. Proskuryakov 1896-yilda 
temiryo’l yuklamasi uchun Yenisey daryosi ustida qurgan. 
XIX asr oxiri - XX asr boshi Rossiyada ko’priksozlik fani va texnikasi tez 
rivojlangan davrdir. Bu davrda yirik daryolar ustida dadil va ilg’or yechimlari bilan 
ajralib turadigan ko’pgina ko’priklar qurildi. Rossiyada qurilgan bunday ko’priklarga 
quyidagilar kiradi: professor N.A. Belelyubskiy loyihalari bo’yicha Sviyajek va 
Simbirsk yaqinida Volga daryosi ustida qurilgan, oraliqlari 158,4 m dan bo’lgan yirik 
ko’priklar; professor L.D. Proskuryakov loyihalari bo’yicha Oka va Volxov daryolari 
ustida qurilgan ko’priklar va boshqalar. 
XIX asr o’rtasida qurilgan To’sinli ko’priklar orasida ko’pincha uzluksiz oraliqli 
qurilmali ko’priklar qurilgan. Bunday ko’priklarning iqtisodiy afzalliklari bilan birga bir 
qator kamchiliklar ham bo’lgan: tayanchlarning cho’kishiga sezgirlik, harorat o’zgarishi 
tufayli siljishlarning kattaligi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida jahon ko’priksozligida oraliqlarning sharnirlar kiritish 
haqida takliflar paydo bo’ldi. Bunday sharnirlar uzluksiz sistemani aniqlanadigan-
konsol sistemaga aylantiradi. U metall ko’priklar qurilishida yangi yo’nalish berdi. 
To’sinli-uzlukli oraliq qurilmalar oldida oraliq kattalashishi bilan oshib boradiga 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
17
iqtisodiy afzalliklarga ega bo’lgan konsol sistemalar katta oraliqli ko’priklar uchun keng 
qo’llana boshlandi.
Rossiyada ilk konsol ko’prik 1887-yilda L.D. Proskuryarov loyihasi bo’yicha Sulu 
daryosi ustida temiryo’l uchun qurilgan. 1898-yilda Smolenskda
Dnepr daryosi ustida 
shosse yo’li uchun birinchi konsol ko’prik qurildi; 1894-yilda Dnepr daryosi ustida 
oralig’i 190 m bo’lgan ko’prik qurildi. Har ikkala ko’prik temiryo’l va avtomobil yo’li 
uchun mo’ljallangan. Kichkas ko’prigi o’sha vaqtda Rossiyada oralig’i bo’yicha eng 
yirik ko’prik hisoblangan. 
Bu davrda xorijdagi eng mashhur konsol ko’priklar quyidagilar edi: Budapeshtdagi 
Dunay daryosi ustida 1897-yilda qurilgan, oralig’i 175 m bo’lgan ko’prik; oralig’i eng 
katta bo’lgan ko’priklar: 1890-yilda qurilgan, oraliqlari 521 m dan bo’lgan Fort 
(Shotlandiya) ko’prigi (7.4-rasm) va 1917-yilda qurilgan, oralig’i 549 bo’lgan Kvebek 
(AQSH) ko’prigi.
7.4-rasm. Oraliqlari 521 m dan bo’lgan Fort ko’prigi (1890-yil). 
Konsol sistemalar keng qo’llanishi bilan birga, uzluksiz oraliq qurilmali ko’priklar 
qurilishi to’xtab qolmaydi. Chuqur suvosti asoslar qurish texnikasi rivojlanishi
shuningdek, oraliqlar va hisobiy vaqtinchalik yuklamalar ortishi bilan uzluksiz 
ko’priklar, ayniqsa, maqsadga muvofiq bo’lib qoldi. Mamlakatdagi birinchi uzluksiz 
ko’priklarga quyidagilar kiradi: Visla daryosi ustidagi ko’prik (1866). Moskvadagi 
Moskva daryosi ustida qurilgan Katta Krasno kolmsk (1872) va Krim ko’prigi (1874), 
Oryo’ldagi Oka daryosi ustidagi ko’prik (1880) va boshqalar. 
Keyinchalik uzluksiz metall ko’priklar qurish davom etdi va ko’priksozlik texnikasi 
rivojlanishi bilan yetarlicha mukammal zamonaviy konstruktiv shakllarga ega bo’ldi.


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
18
XIX asrda rus ko’priksozlik maktabi amalda jahon darajasidan ortda qolmaydi va 
ko’priklar haqidagi fanga sezilarli hissa qo’shdi. Bunga yirik rus ko’priksoz olimlari 
S.V. Kerbedz, D.B. Juravskiy, N.A. Belelyubskiy, L.D. Proskuryakov, G.P. Perederiy, 
N.S. Streletskiy. E.O. Paton vs boshqalar sabab bo’ldilar. 
S.V. Kerbedz (1810-1891) Neva daryosi ustida cho’yan arkali oraliq qurilmalari 
bo’lgan, irinchi doimiy ko’prikni (1850), Lug daryosi ustida panjarali fermalari bo’lgan 
Rossiyadagi ilk metall ko’prikni (1851) loyihaladi va qurgan, temiryo’l transporti 
muhandislari institutida dars bergan. 
Ko’priksozlik bo’yicha rus ilmiy maktabining tashkil topishiga D.I. Juravskiy 
(1821-1891) katta hissa qo’shgan. U ko’p panjarali fermalarni hisoblash nazariyasini
urinma kuchlanishlar nazariyasini ishlab chiqqan. 
N.A. Belelyubsliy (1848-1922) oqilona ikki kashakli panjarani taklif qildi va 
keyinchalik ko’priklarni loyihalashda foydalandi. U dunyoda birinchi bo’lib 
ko’priksozlikda payvandlanadigan temirni quyma temirga almashtirishning 
maqbulligini isbotladi va 1883- yildan boshlab quyma temirdan quriladigan ko’priklarni 
loyihalashni boshladi, ko’priksozlikda quyma temir ishlatish bo’yicha dastlabki 
meyorlarni ishlab chiqdi. U 100 dan ortiq yirik ko’priklarni loyihalash. Bu ko’priklar 
orasida Yevropadagi eng uzun ko’prik Volga daryosi ustida qurilgan Sizran ko’prigidir 
(1850). N.A. Belelyubsliy Rossiyada birinchi bo’lib prokat profillarning metrli turinin 
ishlab chiqdi, 25 dan 50 sarjingacha (55 … 109 m) bo’lgan oraliqlar uchun metall 
ko’priklarning namunaviy oraliq qurilmalarini olib kirdi.
L.D. Proskuryakov (1858-1926) yuqori belbog’lari poligonal va parabolik shaklda 
bo’lgan, uchburchak panjarali po’lat fermalarni ishlab chiqdi va qo’lladi. Uning loyihasi 
bo’yicha Neman, Volxov, Oka, Amur, Volga, Yenisey daryolari ustida ko’plab yirik 
ko’priklar qurildi. L.D. Proskuryakov ta’sir chiziqlari va ekvivalent yuklamalar 
bo’yicha hisoblashni ko’priksozlik amaliyotiga olib kirdi, ko’priklar va qurilish 
mexanikasi bo’yicha darsliklar yozdi. 1896-yilda Moskvada temiryo’l transporti 
muhandislari instituti ochilganda, u ko’priklar kafedrasining birinchi professori bo’ldi.
To’sinli ko’priklardan tashqari Rossiyada 1880-yildan keyin temir arkali ko’priklar 
ham ko’p ishlatilgan. Dastlab ularning, cho’yan arkali arkalar bilan almashtirildi.
XX 
asrda 
mustahkamligi 
yuqori po’latlarning paydo bo’lishi metall 
ko’priksozlikning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar berdi. Oraliq 
qurilmalarning konstruksiyasi soddalashib bordi, elementlarni ulashning yangi turlari 
(payvandlash, mustahkamligi yuqori boltlarda friksiyali ulanmalar), yangi konstruktiv 
shakllar (ko’priklar uchun): ortotrop plitalar, elementlarning yopiq qutisimon va 
quvursimon kesimlari paydo bo’ldi. Bu juda katta oraliqlarni yopish uchun po’lat 
ko’priklarni keng qo’llashga yaxshi sharoit yaratdi. To’sinli ko’priklarning oraliqlari 
548 m ga yetdi. (Kanadadagi Kvebek ko’prigi, To’sin-konsolli sistema, 1917), qulay 
sharoitlarda oraliqlari 500 m dan oshadigan arkali sistemalar qo’llandi. 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
19
Arkali metall ko’priklarning eng katta oralig’i 2004-yilda Xitoyda qurilgan arkali 
ko’prikda 550 m ga yetgan. U avtomobil transporti harakatlanadigan oltita polosani 
ta’minlaydi. 
Rossiyada, ko’priklar, jumladan, metall ko’priklar qurilishi hajmi juda katta. Volga, 
Dnepr, Yenisey, Obь kabi katta daryolar ustidan o’tish yo’llari katta oraliqli ko’priklar 
qurilishi talab qiladi. Shu sababli 1923-1924-yillardan boshlab temiryo’l va avtomobil 
yo’llari metall ko’priklar qurilishi avj oldi. Birinchi besh yillik davrida Gorkiy 
shahridagi Volga daryosi Kashiri shahridagi yaqinidagi Oka daryosi, Dnepr daryosi 
ustida yirik To’sinli ko’priklar va boshqalar qurilgan. 
Rossiya ko’priksozligidagi katta voqea- Stariy Dnepr ustida professor N.S. 
Streletskiy boshchiligida aralash harakatlanishga mo’ljalangan, oralig’i 224 m bo’lgan 
arkali ko’prik qurilishi bo’lgan edi. Moskvadagi Moskva daryosi ustida yangi ko’priklar 
qurilishiga katta e’tibor qaratilgan. Ulug’ Vatan urushidan oldin qurilgan Moskvadagi 
ko’pgina ko’priklarning metall arkali oraliqlari bo’lgan. Ko’priksozlik nazariyasi va 
amaliyotiga mamlakatdagi ko’plab olim va muhandislar katta hissa qo’shganlar: N.S. 
Streletskiy, E.O.Paton, B.N.Gorbunov, G.P. Perederiy, N.Sh. Mitropolskiy, 
S.A.Ilyasevich, V.M.Vaxurkin, G.X.Yevgrafov, Y.Y.Gibshman, P.Ya.Kalmikov va 
boshqalar. 
XX asrning ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda juda ko’p yaxlit devorli to’sinli 
konstruksiyalar qurildi. 
Mustahkamligi yuqori po’latlar, elementlarni ulashning yangi konstruksiyalari va 
usullarini qo’llash metall ko’priklarning yangi, maqbul sistemalari ishlab chiqilishi 
metall oraliq qurilmalarning maqbul sohasini kengaytirdi. 1950-yillardan boshlab 
avtomobil yo’llari ko’priklardagi metall oraliq qurilmalarning asosiy turlaridan biri 
po’lat-temirbeton oraliq qurilmalar bo’lib qoldi. Bunday samarali konstruksiyalarni 
hisoblash nazariyasiga Ye.Ye. Gibshman va N.N. Streletskiylar katta hissa qo’shdilar. 
Keying yillarda Rossiyada yaxlit payvandlangan qutisimon oraliq qurilmalar va 
vantli ko’priklarga katta e’tibor qaratilmoqda.
Oxirgi o’n yillikda osma va vantli sistemalar ko’proq qo’llanmoqda. Ular suvi ko’p 
daryolar, dengiz ko’rfazlari va bo’g’ozlari ustida qurilgan ko’priklardagi juda katta 
oraliqlarni yopish imkonini beradi. Keyingi vaqtda dunyoda zamonaviy sharoitlarda 
juda oqilona bo’lib chiqqan ko’pgina vantli sistemali ko’priklar loyihalandi va qurildi. 
XX asr oxirida Yaponiya ko’priksozlari ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. 1998-
yilda umumiy uzunligi 3910 m bo’lgan yirik Akasi-Kayke osma ko’prigi 
ekspluatatsiyaga kiritildi. U Xonsyu va Sikoku Yapon orollarini birlashtiradi, eng katta 
uzunligi 1990 m bo’lgan oraliqqa va balandligi 298 m bo’lgan pilonlarga ega. Uning 
bikrlik To’sinini diametri 1,1 m bo’lgan ikkita kabel tutib turadi va avtomobil 
harakatlanadigan sakkizta polosani ta’minlaydi. 
1999 yilda Yaponiyaning boshqa orollari orasida metall bikrlik To’sini va ikkita 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
20
metall piloni bo’lgan yirik Tatara vantli ko’prigi ekspluatatsiyaga kiritildi. Pilonlar 
orasidagi masofa (890 m) va bikrlik to’sinning umumiy uzunligi (1840m) dunyo 
bo’yicha eng katta hisoblanadi.
Rossiyada 2000-yilda Surgutda bir pilonli vantli ko’prik qurildi. Uning bikrlik 
To’sinining bir uchi tayanch bilan tugaydi.
Bu bikrlik, To’sinining to’la uzunligi 588 m bo’lgan holda, bir pilonli ko’priklar 
uchun uzunligi eng katta-408 m bo’lgan oraliq hosil qilish imkonin berdi. 
2004-yil sentabrida Xakasiyada Irtish daryosi ustida arkali ko’prik ekspluatatsiyaga 
kiritildi. Bu ko’prikning, estakadalar orasida joylashgan markaziy qismi uzunligi 693 m 
bo’lgan uzluksizkombinatsiyalashgan sistemadan iborat;
Sistemaning, uzunligi 231 m bo’lgan va harakatlanish pastda tashkil qilingan asosiy 
oralig’i to’sinlardan panjarasimon qilib ishlanadi. Oxirgi chekka oraliqlarda yaxlit 
devorli to’sinlarga aylanib, transport ko’prikning ustidan yuradi. 

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Temirbeton ko‘priklarning zamonaviy konstruksiyalari. Ko‘p sathli temirbeton ko‘priklar konstruksiyalari

Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish