Metall ko’priklarning rivojlanishi haqida umumiy ma’lumotlar




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.03.2024
Hajmi1.04 Mb.
#174389
1   2   3   4
Bog'liq
ymipdf
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
13
Metall ko’priklarning rivojlanishi haqida umumiy ma’lumotlar Piyodalar 
yuradigan oddiy osma ko’priklarda yuk ko’taruvchi kabellar sifatida zanjirlar sifatida 
XVIII asrning boshlaridayoq Xitoyda qo’llanilgan. Ammo ko’priksozlikda metalldan 
keng foydalanish 1779 yildan boshlangan. Bu vaqtda Angliyada Severi daryosi ustida 
dastlabki arkali cho’yan ko’prik qurilgan. Oraliqlari 32 m atrofida bo’lgan bunday 
ko’prikning arkalari ingichka va uzun egri elementlardan yasalgan bo’lib, ilgari 
qo’llangan arkali yog’och ko’priklarning konstruksiyasini sezilarli takrorlagan.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida shunga o’xshash ko’priklar Rossiyada qurilgan. 
Cho’yanning mo’rtligi va arkaning uzun elementlari kesimlari kichik bo’lgani sababli 
bunday ko’priklarning ishonchliligi kam bo’lgan. Shuning uchun XIX asr boshlarida 
boltlar bilan birlashtirilgan qobirg’asimon bloklardan tuzilgan gumbazlari bor arkali 
cho’yan ko’priklar ko’p ishlatilgan. Ularni tayyorlash va montaj qilish ishonchli va 
qulay bo’lib chiqqan.
Keyinchalik Moyka daryosi ustida qurilgan Yashil (зелёный) ko’prikni (1806 yil) 
va Peterburgdagi boshqa arkali ko’priklarni qurishda birinchi marta qo’shtavr kesimli 
arkali yengilroq cho’yan ko’priklar qo’llangan. 1835-yilda Moskvada suvlar tashlangan 
(обводный) kanal ustida oralig’i 40 m atrofida bo’lgan arkali cho’yan ko’prik qurilgan.
Uning oraliq qurilmasining uchta arkasi temir osmalar yordamida harakatlanish 
pastda tashkil qilingan qatnov qismini tutib turgan. 
Ko’priksozlikning rivojlanishida Rossiya katta rol o’ynagan. 1809- yilda 
Peterburgda Aloqa yo’llari muhandislari korpusi instituti tashkil etildi. Unda 
ko’priksozlik maktabi tashkil qilingan bo’lib, iqtidorli rus muhandislari va olimlari 
yetishib chiqqan. Temiryo’l va avtomobil yo’llarining qurilish hajmi katta bo’lgan 
holda, Rossiya ko’priksozlarining ijodiy ishlari uchun keng imkoniyatlar ochildi. XIX 
asrning birinchi yarmidayoq Rossiya ko’priksozlik texnikasi bo’yicha ilg’or 
davlatlardan biriga aylandi.
Shu davrda Rossiyada qurilgan ko’plab ko’priklar orasida 1850 yilda atoqli rus 
muhandisi S.V. Kerbedz (1810-1899) Peterburgda Neva daryosi ustida qurgan 
Blagoveshenskiy ko’prigi (10.1-rasm) sezilarli o’rin tutadi. Bu ko’prikka keyinchalik 
leytenant Shmidt nomi berilgan. Bu ko’prikning 32 m dan 48 m gacha bo’lgan yettita 
oralig’i bo’lib, panjarasimon cho’yan bloklardan qurilgan gumbazusti qurilmasi bor
qo’shtavr kesimli qiya cho’yan arkalar bilan yopilgan. Uning kemalarni o’tkazish uchun 
ochiladigan oralig’i bo’lgan. Bu ko’prik 87 yil xizmat qilgan va shaharda harakatlanish 
talablariga, shuningdek, ochiladigan oraliqdan kemalarni tezda o’tkazish shartlariga 
javob berolmay qolganligi sababli buzib tashlangan. Uning elementlari yaxshi holatda 
saqlanganligi uchun Kalinin shahridagi Volga daryosi ustida yangi ko’prik qurilishida 
qayta foydalanilgan. 
Cho’yanning kamchiligi-cho’zilishiga va yuklamalarning dinamik ta’sirlariga 
qarshiligi yomon. Bu esa, ko’pincha, Buyuk Britaniyadagi ko’pgina cho’yan to’sinli 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
14
ko’priklarning yemirilishiga sabab bo’ldi. Natijada cho’yan payvandlanadigan temir 
bilan temirni birga ishlatishga harakat qilindi. 
XIX asr o’rtasida vertikal temir listlar bilan ulangan yuqori cho’yan va pastki temir 
qismlardan tashkil topgan qutisimon to’sinlar ishlatila boshlandi. (7.2. a-rasm) cho’yan-
temir to’sinlarning kelgusidagi rivojlanishi yaxlit (boshidan oxirigacha) fermalar 
yasashga olib keldi; bunday fermalarning siqilgan elementlari cho’yandan, cho’zilgan 
elementlari esa - temir tortqichlardan yasalgan (7.2. b-rasm) 
7.1-rasm. S.V. Kerbedz Neva daryosi ustida qurgan ko’prik (1850 yil) 

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall ko’priklarning rivojlanishi haqida umumiy ma’lumotlar

Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish