2. Temirbeton ko‘priklarning zamonaviy konstruksiyalari. Ko‘p sathli temirbeton ko‘priklar konstruksiyalari




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.03.2024
Hajmi1.04 Mb.
#174389
1   2   3   4
Bog'liq
ymipdf
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
 
 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
8
Arkali ko’priklarda asosiy yuk ko’taruvchi elementlar alohida arkalar yoki yaxlit 
gumbazlar hisoblanadi. Ularning uchlari tayanchlarga shunday mahkamlanganki, ular 
nafaqat vertikal, balki gorizontal yo’nalishda ham surila olmaydi. Bu vertikal 
yuklamalar ta’sir qilganda tayanch reaksiyalarga gorizontal tashkil etuvchi – raspor 
yuzaga kelishini belgilaydi. Raspordan to’g’ri foydalanilganda arkalar va 
gumbazlarning kesimlaridagi eguvchi momentni kamaytirish va bu elementlar, asosan 
siqilishga ishlashini ta’minlash mumkin bo’ladi; bu, mustahkamligi yuqori bo’lgan 
betondan samarali foydalanish imkonini beradi. Arkalar va gumbazlar ustida arka usti 
yoki gumbaz usti qurilmalari quriladi; ular yo’l qatnov qismining yuk ko’taruvchi 
elementlarini tutib turadi. Arkali ko’priklar to’sinli va romli ko’priklarga qaraganda 
jiddiy arxitekturaviy afzalliklarga ega, lekin ularning konstruksiyalari murakkabroq, 
tayanchlari esa yirikroq. 
Arkali ko’priklarning asosiy oraliqlari – α, ko’tarilish strelasi – ƒ, shuningdek ƒ/α 
nisbati, u odatda 1/6 … 1/4 chegaralarda bo’ladi. 
Arkali ko’priklar 60 m dan katta oraliqlarda qo’llanadi. Eng yirik zamonaviy 
temirbeton arkali ko’priklarning oralig’i 390 m. U 1980 yilda Yugoslaviyada qurilgan 
bo’lib, ikkita arkali ko’prik kompleksi tarkibiga kiradi; bu ko’priklar materik, Avliyo 
Mark va Yirik Krk adriatika orolini bog’laydi. Eng yirik arkali temirbeton ko’priklarga 
Paramttu daryosi ustidan o’tgan, oralig’i 305 m bo’lgan ko’prik (Avstraliya, Sidney), 
Braziliya va Paragvay orasidagi chegaradagi Parana daryosi ustidan o’tgan, oralig’i 290 
m bo’lgan ko’prik ham kiradi.
Sobiq ittifoq chegaralarida eng katta oraliq Zaparojniy shahrida Stariy Dnepr 
daryosi ustidan o’tgan 1948 yilda qurilgan, aralash harakat uchun mo’ljallangan ikki 
yarusli ko’prikka tegishli. 
Arkali temirbeton ko’priklarning turlari. Arkali temirbeton ko’priklar statik 
sxemalari, yo’l qatnov qismi sathining joylashishi, arka qismining konstruksiyasi va 
qurish usullari bo’yicha farq qiladi. 
Statik sxemaga ko’ra ko’priklar sharnirsiz, ikki sharnirli va uch sharnirli bo’lishi 
mumkin. Sharnirsiz ko’priklarda (6.7, a, b – rasm) arkalar yoki gumbazlar tayanchlar 
bilan bikr ulangan va uch marta statik aniqlanmaydi. Buning natijasida ularda 
tayanchlarning notekis cho’kishi, harorat o’zgarishlari, betonning cho’kishi va 
suriluvchanligidan qo’shimcha kuchlar yuzaga keladi. Katta oraliqlarda nisbiy 
moslashuvchanlikortishi sababli bunday omillar kamayadi. Sharnirsiz arkalarning 
konstruksiyasi eng sodda, sharnirli ko’priklarga qaraganda bikrligi yuqori. Bundan 
tashqari, baland suv bosish imkonini beradi; bu arkani pasaytirishga va boorish 
yo’llarini qurish 
ishlarini kamaytirishga 
yordam 
beradi. Ikki sharnirli
arkali ko’priklarda arkalar tayanchlarga sharnirlar yordamida biriktirilgan. Ular bir 
marta statik aniqlanadi va sharnirsiz ko’priklarga qaraganda, qo’shimcha kuchlar 
ta’siriga xoli uchraydi, ammo ularning konstruksiyasi sharnirlar borligi bilan 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
9
murakkablashadi. 
Uch sharnirli arkali kopriklarda arka oralig’ining o’rtasida uchinchi sharnir bor. Ular 
statik aniqlanadi, ularda tayanchlarning cho’kishi, harorat o’zgarishlari, betonning 
surilishi va cho’kishi tufayli qo’shimcha kuchlar kuchlar yuzaga kelmaydi, shuning 
uchun ularni, tayanchlar cho’kish xavfi bo’lgan sharoitlarda qo’llash mumkin. Uchta 
sharnirning borligi ko’priklarni yig’ma elementlardan yig’ish imkonini beradi, lekin 
konstruksiyani qiyinlashtirib, uning bikrligini pasaytiradi. 
6.7 – rasm. Yo’l qatnov qismining sathiga ko’ra arkali ko’priklarning turlari (a – b): 
1 – arka usti ustunlari; 2 – arka; 3 – yo’l qatnov qismi; 4 – osmalar; 5 – bikr arka; 6 
– mahkamlama. 
Qatnov qismining joylashish sathiga ko’ra arkali ko’priklar harakatlanish tepada, 
o’rtada pastda tashkil qilingan bo’lishi mumkin. 
Harakatlanish tepada tashkil qilinga arkali ko’priklarni 6.7, a – rasm) tog’li daryolar 
va daralarda qurgan ma’qul. Ulardagi qatnov qism arkalarga (gumbazlarga) tayanadigan 
ustunlar (yoki devorlar) bilan tutib turiladi. Harakatlanish o’rtada tashkil qilingan 
ko’priklarda (6.7, b – rasm) oraliqning o’rtasida qatnov qism arkaning o’qidan pastda 
joylashgan bo’lib, osmalar bilan tutib turiladi, tayanchlar yonida arkaning o’qidan 
yuqorida turadi va ustunlar bilan tutib turiladi. 
Tekislikdagi daryolar ustida harakatlanish pastga tashkil qilingan ko’priklar quriladi 
(6.7, v – rasm). Ularda qatnov qism arkalarga osmalar bilan ilib qo’yiladi; bu 
ko’prikning balandligini kamaytirishga yordam beradi. 
Qurish usullariga ko’ra aralash ko’priklar yaxlit, yig’ma va yig’ma-yaxlit bo’lishi 
mumkin. 
Asosiy yuk ko’taruvchi elimentlarning konstruksiyasiga ko’ra arkali ko’priklar 
quyidagi turlarga ajratiladi: 
- Gumbazlari yaxlit bo’lgan (harakatlanish tepada, o’rtada va pastda tashkil 
qilingan holda, 60-80 m oraliqlarda); 
- Arkalari alohida bo’lgan (harakatlanish tepada, o’rtada va pastda tashkil qilingan 
holda, 400 m gacha oraliqlarda). 
- Disklari arkali bo’lgan (harakatlanish tepada tashkil qilingan holda, 60 … 120 m 
oraliqlarda) 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
10
Gumbazlari yaxlit bo’lgan arkali ko’priklarning konstruksiyalari. Arkali temirbeton 
ko’priklarda egri plita ko’rinishidagi silindr qubba ishlatiladi; uning eni qalinligidan 
ancha katta. Gumbazlari bor arkali ko’priklarning konstruksiyasi eng oddiy bo’lib, 
yaxshi ko’rinishga ega. Ular metall ko’priklar kabi panjarasimon yoki tosh ko’priklar 
kabi monumental bo’lishi mumkin. Gumbazli ko’priklarda harakatlanish faqat tepada 
tashkil qilinadi.
Gumbaz to’g’ri burchakli (6.8, a – rasm), qobirg’ali (6.8, b – rasm) va qutisimon 
(6.8 v – rasm) ko’ndalang kesimli bo’lishi mumkin.
Konstruksiya jihatidan eng oddiysi to’g’ri burchakli yaxlit gumbazlar hisoblanadi. 
Ular 60 … 70 m oraliqlarda qo’llanadi; bunda gumbazning eng yuqori joyi (klyuch) 
dagi qalinligi gumbaz oralig’ining 1/60 … 1/70 qismiga teng bo’ladi. Oraliqning 
o’rtasida gumbazning qalinligi, ko’ndalang bikrlik shartiga ko’ra, oraliqning 1/15 
qismidan kam bo’lmasligi kerak. 
Sharnirsiz gumbazlarning qalinligi eguvchi momentlar epyurasiga muvofiq, 
tayanchlarga tomon yo’nalishda 30 … 40 % ga ko’payadi. Gumbazning eng nozik 
joyining eni o’zgaruvchan bo’lganda, qalinligi oraliqning 1/20 qismiga teng, 
tayanchlarda esa oraliqning kamida 1/10 … 1/12 qismiga teng bo’ladi. 
Bir-biri bilan bog’lanmagan bir necha parallel gumbazlarni qurishda har birining eni 
oraliqning 1/20 qismidan kam va 3 m dan kichik bo’lmasligi kerak. Gumbazlar quyi va 
yuqori zonalarda bo’ylama egri ishchi sterjenlar bilan armaturalanadi. (9.9, a – rasm) 
Ishchi ishchi sterjenlarga perpendikulyar qilib tasdiqlovchi armatura qo’yiladi. yuqori 
va quyi armatura xomutlar bilan bag’lanadi. To’g’ri burchakli yaxlit gumbazlarni 
aramturalash foizi 0,2 … 0,4 % chegaralarida bo’ladi. Bunday gumbazlarda qurilmasi 
yo’l qatnov qismini tutib turadigan ko’ndalng devorlar ko’rinishida bo’ladi (6.9, a – 
rasm). 
6.8 – rasm. Arkali ko’priklar gumbazlarning ko’ndalang kesimi turlari (a – v). 
Katta oraliqlarda qutisimon kesimli gumbazlar qo’llangan ma’qul (6.9, b – rasm). 
Ularning balandligi oraliqning 1/55 … 1/65 qismini tashkil qiladi, beton kam 
sarflanadi, lekin ishlab chiqarish murakkabroq. Yuqori va quyi plitalarda material 
to’planishi sababli qutisimon gumbaz to’g’ri burchakli yaxlit gumbazga qaraganda 
ancha ma’qul. Ularda bo’shliq gumbaz ko’ndalang kesimning 30 … 50 % ini tashkil 
qiladi. Qutisimon gumbazlarning nisbiy balandligi yaxlit gumbazlarga qaraganda biroz 
katta bo’lib, oraliqning 1/40 - … 1/60 qismini tashkil qiladi. Qobirg’ali gumbazlarni 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
11
armaturalash foizi, beton kesimi yuzani kichik bo’lganligi sababli, yaxlit 
gumbazlarnikiga qaraganda biroz katta bo’lib, 0,8 … 1,2 % bo’ladi.
Qobirg’ali va qutisimon gumbazlarda gumbaz usti qurilmasi yo’l qatnov qismini 
tutib turuvchi gumbaz usti ustunlaridan tashkil topadi. Ustunlar gumbazlarning 
qobirg’alariga tayanadi va bo’ylama va ko’ndalang To’sinlar yordamida qatnov qism 
plitasini tutib turadi (6.9, b – rasm). 
6.9 – rasm. Gumbazlari to’g’ri burchakli (a) va qutisimon (b) bo’lgan gumbazusti 
qurilmalarining konstruksiyasi: 1 – yo’l qatnov qismi plitasi; 2 – gumbaz usti devori; 3 
– gumbaz; 4 – homutlar; 5 – taqsimlovchi armatura; 6 – gumbazning ishchi armaturasi; 
7 – gumbaz usti ustuni; 8 – qutisimon gumbaz. 
Qurilgan temirbeton gumbazli ko’priklar orasida o’ziga xos konstruksiyalarning 
ko’pgina namunalari bor. Gumbazlari bor arkali ko’prikning yaqqol namunasi 
Krasnoyarski shahrida Enissi daryosining asosiy o’zani ustida qurilgan ko’prik 
hisoblanadi (6.10 – rasm). Uning 150 m dan beshta oralig’i bo’lib, har biri ikkita uch 
sharnirli, ikki seksiyali qutisimon gumbazlar bilan yopilgan. Bu gumbazlarning eni 
7,3m, balandligi 3,2 m, ko’tarish strelasi 18,6 m. Gumbazning balandligi, yasash 
jarayonini soddalashtirish maqsadida, hamma oraliq bo’yicha doimiy qabul qilinadi. 
Strelaning oraliqqa nisbati 1/8,3; qalinlikning oraliqqa nisbati 1/47. Gumbazsimon 
plitalarning qalinligi 20 sm, devorlarning qalinligi 30 sm. Gumbazusti ustunlarning 
konstruksiyasi 9,5 m oraliqda qo’yilgan yassi ko’ndalang roml ardan tashkil topgan; 
romlarning ustiga qatnov qism elimentlari yotqizilgan (6.10, b – rasm). Romlar 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 
12
ustunlarining eni 7,21 m, gumbazning eni bilan deyarli bir xil bo’lib, ko’prikning fasadi 
bo’yicha qalinligi 40 sm bo’lgan devorlar hisoblanadi. Chekkadagi eng baland uchta 
romli arka bilan bikr ulangan, to’rtinchisi gumbazga sharnirlar yordamida tayanadi, 
beshinchisi tepaga va pastga tebranib turadigan, sharnirli devordan iborat. Romlar ustida 
oralig’i 9,5 m, eni 3m va balandligi 0,8 m bo’lgan qobirg’ali To’sinlardan qatnov 
qismining uzluksiz oraliq qurilma quriladi. Ular har bir qobirg’ada ikkitadan sinch qilib 
payvandlangan sinch bilan armaturalangan. 
Rom elementlari yozda ochiq maydonchada, qatnov qismining qobirg’ali elementlari – 
uzluksiz ishlamaydigan bug’lash kameralarida tayyorlangan. Arkali oraliq qurilmalar 
qirg’oqda uzunligi 75 m va massasi 1500 tonna bo’lgan alohida yarimgumbaz shaklida 
tayyorlangan va oraliqqa suvdan oqizib plashkoutlarni muvozanatlovchi havo sistemasi 
yordamida bajarilgan. Ko’prik ekspluatsiyaga 1961-yil oktyabrda topshirilgan. 


Bozorov Otabek 111-20-guruh 

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Temirbeton ko‘priklarning zamonaviy konstruksiyalari. Ko‘p sathli temirbeton ko‘priklar konstruksiyalari

Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish