• O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi




    Download 10,7 Mb.
    bet36/51
    Sana08.12.2023
    Hajmi10,7 Mb.
    #113740
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
    Bog'liq
    7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o‘z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O‘qituvchi:
    Kasbning eng yaxshisi kishining , o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o‘tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o‘rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo‘lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o‘z o‘rinlarini topa oladilar.
    Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o‘tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o‘rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo‘lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o‘z o‘rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o‘z o‘rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar va psixologlar o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib, o‘quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to‘liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.

    Kasbiy axborot berish o‘quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo‘jalik majmuasining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo‘yiladigan talablardan iboratdir.
    Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o‘zining yo‘lini topib oladi va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz.

    Download 10,7 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




    Download 10,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi

    Download 10,7 Mb.