“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
120
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va
rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta’minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga
tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi
oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib
berish, oʻqishga, tizimli ta’limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Shu maqsadda ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy, intellektual va estetik-axloqiy jihatdan kamol topishi yoʻlida “Ilk qadam” oʻquv
dasturi ishlab chiqildi.
“Ilk qadam”oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil
7-iyuldagi 4-sonli Hay’at yigʻilishi qarori bilan tasdiqlangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat oʻquv
dasturi (quyida: “MTT davlat oʻquv dasturi”) Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi
bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy
hujjat
boʻlib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy
gʻoyalari
ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy
kompetensiyalari belgilangan.
Davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim
tashkilotlarida
qoʻllash uchun majburiy:
• davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
• maktabgacha ta’lim sohasida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tashkilotlari;
• maktabgacha guruhlarga ega boʻlgan
“Mehribonlik” bolalar uylari;
• maktabgacha va boshlangʻich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
Davlat oʻquv dasturi variativ oʻquv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ oʻquv dasturlaridan
foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti Davlat oʻquv dasturi asosida oʻzining MTT ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish
huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi oʻquv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb
etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat oʻquv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va
barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish
va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish va
amalga oshirish.