• Oʻsmirlarning qiziqishlari tizimi , ijtimoiy yoʻnalganligi
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet162/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    117 
    6. Joʻshqin qiziqish. Karta oʻyini, qimor, qaltis tavakkal qilish. 
    7. Informatsion kommunikativ qiziqish yangi axborotlarga ega boʻlishga intilish, tasodifiy suhbatlar 
    va detektiv filmlar koʻrish. 
    Oʻsmirlarning qiziqishlari tizimiijtimoiy yoʻnalganligi qaytadan shakllanadi, oʻz-oʻzini anglashi
    oʻz-oʻzini baholashiqadriyatlari tizimi oʻzgaradi.
    Muhokamalar va natijalar. Bolalar oiladan tashqarida oʻz tengqurlari bilan boʻlgan munosabatda 
    ham agressiv xatti-harakatlarni oʻzlariga singdiradilar. Koʻpgina hollarda bolalar tengdosh doʻstlarining 
    xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda, oʻzlarini agressiv boshqarishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv 
    bolalar oʻz tengdoshlari orasidan siqib chiqariladilar. Bunday bolalar oʻzlarini xoʻrlangandek his qilib
    oʻzlari kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammoning ustiga yana muammo 
    tugʻdirmasdan qolmaydi. 
    Oʻsmirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni 
    koʻrsatish mumkin: 
    • fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-
    sharoitlarning oʻzgarayotgani; 
    • ommaviy axborot koʻlamining kengayishi tufayli oʻsmirlar ongliligi darajasining koʻtarilgani;
    • oʻgʻil va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan yetarli darajada xabardorlik; 
    • ularning jismoniy va aqliy kamolotining jadallashgani; 
    • oʻsmirlar bilan ishlashda gʻoyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga alohida 
    yondashish zarurligi; 
    • oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 
    • oʻquvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, oʻzini oʻzi boshqarish, anglash, baholash 
    va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. 
    Oʻsmir pozitsiyasini tushunish uchun avvalo uning xulq-atvor motivini aniqlash zarur. Chunki har 
    qanday motivning asosida uning ehtiyojlari yotadi. 
    Ehtiyojlar asosan ikki turga boʻlinadi: 
    1. Biologik ehtiyojlar – a) fiziologik, b) jinsiy, d) hayotiy yoʻnalganlik. 
    2. Ijtimoiy ehtiyojlar – a) bilishga intilish, b) mehnat qilish, d) ma’naviy-madaniy ehtiyojlardir. 
    Bu yerda biologik ehtiyojlar insoniyat turini saqlab qolishning asosiy sharti hisoblanadi. 
    Shaxs xulq-atvori va tarbiya tizimida biologik ehtiyojlardan hayotiy yoʻnalganlik muhim oʻrin 
    egallaydi. 
    Hayotiy yoʻnalganlik ehtiyoji uch xil faoliyatda koʻrinadi: 
    1. Shaxsning noma’lum narsalarni bilishga intilishi ehtiyoji. 
    2. Atrofdagilar bilan hissiy-emotsional aloqalarni oʻrnatishga intilish ehtiyoji. 
    3. Ijtimoiy hayotda oʻziga munosib oʻrin topishga intilish, ya’ni hayot mazmunini topishga intilish 
    ehtiyoji. 
    Ba’zan motivlar bir-biriga qarama-qarshi boʻlib qolishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, oʻsmir bolalarda 
    oʻz tengdoshlari bilan emotsional aloqada boʻlish ehtiyoji oʻz-oʻzidan namunali oʻgʻil ( yoki qiz, yoki 
    oʻquvchi) boʻlish ehtiyoji bilan qarama-qarshi kelib qolish koʻp kuzatiladi. Yoki ba’zi ota-onalar tomonidan 
    yaxshi tarbiyachi, na’munali ota-ona boʻlish motivlari orqali bolalarini qattiq nazoratda tutishadi. Bunday 
    qattiq nazoratda ushlash bolani atrofdagilar bilan kirisha olmaydigan, uning xulqini boshqarib boʻlmaydigan 
    qilib qoʻyadi. Shaxsdagi bunday motivlar kurashi ogʻir kechib, bolaning xotirjamligini yoʻqotadi. U 
    tengdoshlari orasidan emotsional aloqalarni izlaydi, atrofidagi kattalar uni tushunmayotganini, adolatsizlik 
    qilayotganidan noliydi. Asabiy taranglik, qoʻzgʻaluvchanlik, zoʻriqish kuchayadi va har qanday 
    atrofdagilarning yordamiga ishonchsizlik bilan qaraydigan boʻlib qoladi. Bolada yolgʻizlik, monotoniya, 
    tungi psixika, zerikish, hayotdan qoniqmaslik va boshqa psixik holatlar yuzaga keladi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish