“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
116
qilib, E.Shpranger mazkur yoshning tashkil etuvchilari oʻz
individualligini anglash, refleksiyaning vujudga
kelishi, “Men”ning ochilishi ekanligini isbotlab, oʻsmirning dunyoqarashlarini, qadriyatlarini, oʻzini oʻzi
anglashini oʻrganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi.
Oʻsmirlardagi deviant xulqli, bolalarning kelib chiqishida ijtimoiy-psixologik omillar mavjud boʻlib,
quyida ularga alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.
Oʻsmirlarda nojoʻya xatti-harakatlar paydo boʻlishining sabablari va turtkilari har xildir.
Shaxsning
biologik oʻsishidagi nuqsonlar, sezgi organlarining kamchiliklari ya’ni koʻrish, eshitishning pastligi, rasmiy
nogironlik, oʻqishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament, xarakterdagi qusurlar tarbiyasi
qiyinlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, shaxsning psixik oʻsishidagi kamchiliklar, chunonchi, aql-
idrokning zaif rivojlanganligi, irodaning boʻshligi, hissiyotning kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlarning
mavjud emasligi, oʻsmirning intilishi bilan mavjud imkoniyati oʻrtasidagi
nomutanosiblik va hokazolar
taraqqiyotni izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar axloqiy hislarning
etishmasligi, oila a’zolari bilan notoʻgʻri muloqoti, ishyoqmaslik, boʻsh vaqtni toʻgʻri taqsimlamaslik va
boshqalar ham salbiy qiliqlarni vujudga keltiradi.
Shaxsning bilim, oʻquv faoliyatidagi kamchiliklari; aqliy
faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik, eng muhim bilim, koʻnikma
malakalarni egallashdagi
uzilishlar; maktab faoliyatidagi oʻqitishdagi nuqsonlar, tarbiyaviy chora va tadbirlardagi xatolar ham shular
jumlasiga kiradi. Tarbiyasi qiyin oʻsmirning shakllanishi sabablaridan biri oʻquvchining oʻqishiga boʻlgan
salbiy munosabatidir. Buning sabablari oʻquv faoliyati usullari, koʻnikmalar malakalarning yetarli darajada
tarkib topmaganligi, fikrlash qobiliyatining pastligi, ta’limda oʻqituvchining
buni hisobga olmasligi
natijasida kelib chiqadi. Bunday oʻsmirlarning bilim va xulq darajasi oʻqituvchilar tomonidan notoʻgʻri
baholanadi. Yuqoridagilarning barchasi oʻsmirlarni maktabdan bezdirib qoʻyadi.
Oʻsmirning darslarni yaxshi oʻzlashtirmasligining sabablari bilim olish aktivligining pastligi, bilimga
qiziqishining kuchsizligi, zarur yordam boʻlmaganligidan ayrim fanlarni oʻzlashtira olmasligi, aqliy oʻsish
nuqsonlarining patalogik koʻrinishlari mavjudligi.
Maktabdan tashqari muhitning ta’siridagi nuqsonlar, chunonchi, balogʻatga
yetmagan tengqurlarning
ta’siri, madaniy-ma’rifiy, ishlab chiqarish jamoalari hamda jamoatchilik qurshovidagi kamchiliklar ham
tarbiyasi qiyin oʻsmirlar koʻpayishiga sabab boʻladi.
Amerikalik psixolog R.Kulenning fikricha, oʻsmirlik davrida
uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy tamoyil
mavjud boʻlib, ular:
emansipatsiya (kattalar ta’siridan qutulish) va mustaqillikka erishish;
hayot yoʻli va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda boʻlish;
zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni oʻzlashtirishdan iboratdir.
Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e’tibor bermas ekan, oʻsmirlik davri qancha boʻlishidan
qat’iy nazar, u bolaligicha qolaveradi.