• Ключевые слова
  • Key words
  • Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Kalit soʻzlar: oʻsmirlik davri, psixologiya, bolalik, balogʻat davri, birinchi tip, ikkinchi tip, uchinchi 
    tip, krizis davri, motivatsiya, liderlik. 
    В стате приведено примеро из исследований педагогов и психологов о сотсиално-
    психологических факторах, формируюших девиантное поведение в подростковом возрасте, и 
    способах эго предотвраҳения, а в заключении дано рекомендации. 
    Ключевые слова: подростковый период, психология, детство, период полового созревания, 
    первый тип, второй тип, третий тип, кризисный период, мотивация, лидерство. 
    The article provides examples from studies of teachers and psychologists on the socio-psychological 
    factors that form deviant behavior in adolescence and ways to prevent it, and in conclusion 
    recommendations are given. 
    Key words: adolescence, psychology, childhood, puberty, first type, second type, third type, crisis 
    period, motivation, leadership. 
     
    Kirish. Ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor, ya’ni notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka 
    moyil boʻlgan yoki profilaktik roʻyxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ish olib borishga koʻproq 
    e’tibor qaratish lozim. Iqtidorli, tarbiyali bolalar bilan ishlash oson, lekin hayotda qoqilgan yoki yomon 
    muhitga tushib qolgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga, ezgu maqsadga da’vat qilish, ishontirish qiyin. Uyushmagan 
    yoshlar bilan ishlash boʻyicha har tomonlama asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zarur. 
    Asosiy qism. Oʻsmirlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalash masalalari 
    hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Oila, maktab, jamiyatning oʻsib kelayotgan avlodga 
    boʻlgan axloqiy-ma’naviy, siyosiy-ijtimoiy, ideologik talablari kun sayin ortib bormoqda. 
    Oʻsmirlik davrini oʻrganuvchi koʻpchilik olimlar agressiya, emotsional qoʻzgʻalishni, jahl chiqqan 
    holatlarda balogʻatga yetmagan bolalarda psixologik muammolar qanday namoyon boʻlishiga koʻproq 
    e’tibor qaratadilar. Chunki bu yoshda ularda hayot tajribalari yetarli boʻlmaydi, lekin boshqalar tomonidan 
    tan olinishga va mustaqil boʻlishga intiladilar. Oʻsmirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka oʻtuvchi va, oʻz 
    navbatida, boshqa davrlardan oʻzining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi 
    inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir.
    Oʻsmirlik davrning ogʻir, murakkab davr ekanligi koʻplab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan 
    bogʻliq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning 
    mazmun mohiyati ham oʻzgaradi. Bu davrda oʻsmir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik 
    hamda ijtimoiy holatida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-
    qarshi boʻlgan turli xil holatlar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi “bola” emas va, shu bilan birga, hali 
    “katta” ham emas. Uning oʻz-oʻziga va atrofdagilarga nisbatan boʻlgan munosabatlari butunlay boshqacha 
    xarakter kashf etib boradi.
    Oʻsmirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan biri nemis faylasufi va psixologi E.Shpranger oʻsmirlik 
    yoshi qizlarda 14-18 va oʻgʻil bolalarda 13-19 yoshlargacha davom etib, unig birinchi bosqichi 14-17 
    yoshlarga toʻgʻri kelishi, bu yoshda bolalikdan qutilish sodir boʻlishini izohladi. U oʻzining oʻsmirlik 
    yoshining madaniy- psixologik konsepsiyasida rivojlanishining uch tipi mavjudligini ajratadi.  

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish