• 2. Tengqurlari bilan guruhlashgan reaksiya
  • 3. Qiziqish - xobbi reaksiyasi.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    1. Emansipatsiya reaksiyasi. Bu kattalarning qaramogʻidan, nazoratidan va homiyligidan ozod 
    boʻlishga intilishda koʻrinadi. Reaksiya kattalar tomonidan belgilangan tartib, qoidaga qarshi yoʻnaltirilgan. 
    “Ozod boʻlish” ehtiyoji mustaqil hayotga intilish bilan bogʻliq boʻlib, bu reaksiya oʻgʻil bolalarda koʻproq 
    boʻladi.
    2. Tengqurlari bilan guruhlashgan reaksiya. Buning ikki turi mavjud.
    Birinchisi, bir jinsga asoslanib, unda doimiy lider va guruh a’zolarining vazifalari, ularning guruhdagi 
    oʻrni belgilangan. Bu guruhda “liderning adpyutanti” unda intellektual qobiliyat yoʻq boʻlsada, lekin 
    jismoniy kuchli boʻladi, “antilider” - liderning oʻrnini egallashga harakat qiladigan, “ikki yuzlamachi” - u 
    tomonga ham, bu tomonga ham oʻtib yuradigan oʻsmirlar boʻladi. Bunday guruhning oʻz hududi boʻlib, unga 
    begonalar yaqinlashtirilmaydi. Guruhning tarkibi barqaror boʻladi va yangi a’zolarni faqat sinovlar asosida 
    qabul qilishadi.
    Ikkinchi turdagi guruhda rollar qat’iy taqsimlanmagan va doimiy lider yoʻq. Liderning vazifalarini 
    guruhning turli a’zolari bajaradi. Guruh a’zolari ikki jins vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi barqaror 
    emas. 
    3. Qiziqish - xobbi reaksiyasi. 
    Oʻsmirlik davri uchun qiziqish - xobbi muhim hisoblanadi. Uning quyidagi turlari mavjud: 
    1. Intellektual-estetik qiziqishlar predmetga, musiqaga, radiotexnika, tasviriy san’at, adabiyotga 
    nisbatan. 
    2. Jismoniy qiziqishlarga kuchi, chidamliligi, chaqqonligini oshirishga boʻlgan xatti-harakatlar kiradi. 
    3. Liderlikka qiziqish boshqalarga rahbarlik qilishga intilish uchun boʻlgan harakatda namoyon 
    boʻladi. 
    4. Yigʻishga qiziqish-turli xildagi kolleksiyalarni yigʻishda koʻrinadi. 
    5. Egotsentrik qiziqishlar. Atrofdagilarning diqqat markazida boʻlishga intilish. 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish