“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
118
ustalik bilan yaxshi muomala qilish, ularning ishonchini qozonishning eng murakkab imkoniyatlaridan
foydalanish kerak boʻladi.
Bola tarbiyasi bilan faqat tarbiya va oʻquv muassasalari shugʻullanishi kerak,
degan fikr mutlaqo
notoʻgʻridir, eng asosiy tarbiya, eng avvalo oilada olinadi. Ammo oʻquv yurtlari ham tarbiya ishlaridan soqit
qilinmaydi. Maktab – bilim oʻchogʻi boʻlish bilan bir qatorda pedagogik tarbiyaning ham markazi
hisoblanadi. Bola maktab orqali ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Xulosa shuki, zamonaviy global axborot muhiti, axborot tigʻizligi va kuchli
bosimi sharoitida milliy
tarbiya usullari va vositalari kerakli samarani bermayapti. Azaldan shakllangan oʻzaro ta’sir vositalari va
tarbiya usullari sanalgan pand-nasixat,
ommaviy tadbirlar, shaxsiy na’muna oʻzining ta’sir kuchini yoʻqota
boshlayapti. Shaxs, shu jumladan voyaga etmaganlar ham asta-sekin oʻz xulqini turli manbalardan
tarqatilayotgan axborot, ma’lumotga moslashtirishga intilyapti, turli shakldagi
taqdim qilinayotgan xulq
modellari an’anaviy milliy xulq modellarini siqib chiqarmoqda. Qolaversa, global axborot muhiti aniq
maqsad koʻzlab yoshlarning psixik barqarorligini buzishga harakat qilmoqda.
Aytilganlardan endi voyaga etmaganlar xulqini ijobiy korrektsiya
qilish mumkin emas ekan, degan
xulosa chiqmasligimiz kerak, psixolog olimlar ta’kidlashganidek, har qanday deviant xulqni ijtimoiy foydali
xulqqa aylantirish, odamga har doim hayot mazmunini topishga yordam berish mumkin.
Birinchidan, bolaning xaqiqiy qiziqishi, maqsadini aniqlash
yoki unga hayot maqsadini
shakllantirishga yordam berish, yana ham ochiqrogʻi uni maqsad bilan tashvishga koʻmish, oʻz-oʻzi bilan
yolgʻiz qolishga vaqt qoldirmaslik. Fan toʻgaraklari
bu jarayonda samara bermaydi, chunki hamma ham
oʻrta, oʻrta maxsus ta’limdan keyin oʻqishni davom ettirishni xohlamaydi. Bu maqsad bozor iqtisodining
asosiy qoidasi pul topish bilan bogʻliq boʻlsa, unga yoshligidan daromad manbai boʻla oladigan mashgʻulot
turini topib olishga yordam berish lozim. Har qanday kasbni egallash uchun shogird maqomidagi faoliyat shu
vazifani bajara oladi.
Ikkinchidan,
nafaqat voyaga etmaganlar, ularning ota-onalari bilan turli manbalardan tarqatilayotgan
axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish yoʻnalishida muntazam ishlash, ayniqsa xozir namoyish
qilinayotgan seriallarning xulqqa zararli ta’sirini anglatish.
Uchinchidan, huquqiy madaniyat va savodxonlikni koʻtarish, bolaga oʻz xulq usuli va hatti-
harakatining oqibatlari qanday boʻlishini anglatish, ya’ni unda amalga oshirayotgan xulq usulining natijasini
tasavvur qilish malakasini shakllantirish.