• Key words
  • Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Ключевые слова: физическое развитие, детская компетентность, здоровый образ жизни, 
    физическая активность, творческие способности, моторика (большая, малая, сенсомоторная). 
    This article describes the specifics, goals and objectives of physical education in the “First step” 
    curriculum

    Key words: physical development, child competence, healthy lifestyle, physical activity, creative 
    ability, motor skills (large, small, sensomotor). 
    Kirish. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim 
    tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, ta’lim sohasini tubdan 
    takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, 
    aniq fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash 
    ustuvor vazifalar sifatida belgilangan boʻlib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim 
    tizimini yaratish koʻzda tutildi. Mazkur dasturda muvofiq ta’lim yoʻnalishida belgilangan vazifalar besh yil 
    mobaynida keng koʻlamli salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida 
    boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilindi, 
    oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta koʻrib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini 
    oshirish choralari kuchaytirildi, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi joriy etildi [1]. 
    Asosiy qism. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasi har 
    tomonlama sogʻlom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda gʻoyat muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni koʻrsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha 
    ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish oʻrniga, orqaga ketish holatlari, yil 
    davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish koʻrsatkichlari 
    oʻsishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, soʻnggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika boʻyicha bolalarning maktabgacha 
    ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
    moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga 
    tayyorlash boʻyicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi 
    yetarli darajada oʻrganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli 
    emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab boʻldi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish