• Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
  • 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari
  • MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 
    MTT ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
    • bola huquqlari, oʻziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; 
    • ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining oʻzaro bogʻliqligi;
    • bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish 
    ehtiyojlarini qondirish; 
    • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash; 
    • oʻyin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
    • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
    • bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; 
    • MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; 
    • milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa 
    millatlar madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
    Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi 
    va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar boʻladi. 
    Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining 
    quyidagi sohalarida belgilanadi:  
    • jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi; 
    • ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
    • nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    121 
    • bilish jarayonining rivojlanishi; 
    • ijodiy rivojlanish. 
    “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik 
    sohalarga boʻlinadi: 
    • yirik motorika; 
    • mayda motorika; 
    • sensomotorika; 
    • sogʻlom turmush tarzi va xavfsizlik. 
    “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari 
    “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat 
    yakunlanganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
    • oʻz imkoniyatlari va yoshi bilan bogʻliq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy 
    faollik koʻrsatadi;
    • turli harakatchanlik faolligini uygʻun ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
    • turli hayotiy va oʻquv vaziyatlarida mayda motorika koʻnikmalaridan foydalanadi;
    • oʻz harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
    • shaxsiy gigiyena malakalarini qoʻllaydi; 
    • sogʻlom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
    • xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
    Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari
    ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida gʻamxoʻrlik qilish, erkin ijodiy 
    oʻz-oʻzini koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni koʻzda tutadi. Shu sababli, rejalashtirish bilan bir 
    qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani 
    va uning oʻzini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini koʻrish, qoʻllab-
    quvvatlash, rivojlanish yoʻllarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik 
    kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va 
    takomillashtirib boriladi [3]. 
    “Ilk qadam” dasturining mazmun – mohiyatiga e’tibor qaratar ekanmiz maktabgacha taʼlim 
    tarbiyalanuvchilarining kompetentligini rivojlantirishga qaratilganligiga guvoh boʻlamiz, shuningdek
    Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni 
    rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanganligini alohida e’tirof etish lozim. Davlatning bu 
    ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli, 
    xildagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini 
    taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi.

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish