b)
“Akvarium” metodi
Bu metodda o‘quvchilar o‘tgan mavzu yuzasidan savollarga javob berib, o‘z
akvariumlariga baliq tutadilar.
SAVOLLAR
1.
Boyo‘g‘lining kasbi nima edi?
2.
Ertakdagi tannoz qush nomi?
3.
Qarg‘a boyo‘g‘lidan nimani iltimos qilibdi?
4.
Boyo‘g‘li qarg‘ani qanday rangga bo‘yab qo‘yibdi?
5.
Ertakdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
6.
Boyo‘g‘li nima uchun kunduzi ko‘rinmas ekan?
c)
O‘tilgan mavzuni umumlashtirish
O‘quvchilar “Boyo‘g‘li va qarg‘a” ertagi mazmunini so‘zlab beradilar va ertak
haqida o‘qituvchi tomonidan umumlashtiruvchi xulosa beriladi.
3.
YANGI MAVZU BAYONI
Yangi mavzu o‘quvchilarga
“Tulkining hiylasi ko‘p”. “Yo‘lbars bilan tulki”
(tojik xalq ertagi)
mavzusi ekanligi e’lon qilinadi.
141
1.
Mavzudagi so‘zlar “TULKI BILAN TURNAga yordam bering” didaktik
o‘yini orqali jarangli va jarangsiz tovushlarga ajratiladi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilar
ona tili fanidan bilimlarini mustahkamlashadi.
Jaranglilar: L, B, N, Ng, Y, R
Jarangsizlar: T, K, H, S, K, P
2.
Ertak o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi, rasmlar orqali
tushuntiriladi.
3.
TV orqali ertak asosida suratga olingan multfilm namoyish etiladi
4.
O‘quvchilar mashq daftaridagi tulki mozaikasini to‘ldirishadi.
4.
Dam olish daqiqasi
“HA, YO‘Q” o‘yini
Bu o‘yin orqali o‘quvchilar miyasiga dam beriladi, diqqatlari va fikrlari
jamlanadi.
O‘quvchilarga HA, YO‘Q kartochkalari tarqatiladi. O‘qituvchi savol beradi.
O‘quvchilar savollarga ha yoki yo‘q deb javob yozishadi. Savollar tugagach,
o‘qituvchi TVdan surat ko‘rsatadi.
Savollar:
1.
U sizga yoqadimi?
2.
U bilan maktabga kelgan bo‘larmidingiz?
3.
Uni sizga o‘xshatishganmi?
142
4.
U bilan uxlarmidingiz?
5.
Unga o‘xshashni xohlaysizmi?
|